OLIY MAJLIS SENATINING O‘N UCHINCHI YALPI MAJLISI O‘Z ISHINI DAVOM ETTIRMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yil 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, boshqa idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Majlis kun tartibiga 26 masala kiritilgan bo‘lib, uning 15 tasi qonun, qolgani boshqa masalalardir.
Yalpi majlisning birinchi kunida 17 masala ko‘rib chiqildi. Bular - O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi hamda kun tartibiga kiritilgan 15 qonun ko‘rib chiqildi. Ko‘rib chiqilgan qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullandi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Senat raisi N.Yo‘ldoshev boshqarayotgan yalpi majlisning ikkinchi kunida qolgan masalalar ko‘rib chiqilmoqda.
Ayni vaqtda 2018-yilda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha dastur to‘g‘risidagi masala muhokama qilinmoqda.