Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OLIY SUD VA OLIY XO‘JALIK SUDI PLENUMLARINING QO‘SHMA MAJLISI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OLIY SUD VA OLIY XO‘JALIK SUDI PLENUMLARINING QO‘SHMA MAJLISI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi sudyalari, fuqarolik, jinoyat va xo‘jalik ishlari bo‘yicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari, huquqshunos olimlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Sh.G‘oziyev, Oliy xo‘jalik sudi raisi K.Komilov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli mamlakatimiz iqtisodiyoti jahon miqyosida davom etayotgan inqirozga qaramasdan jadal o‘sayotganini ta’kidladi.

Bunda tadbirkorlik va kichik biznes uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani, soha vakillarining huquqiy kafolatlari tobora mustahkamlanayotgani alohida ahamiyat kasb etayotir. Ayniqsa, davlatimiz rahbari ilgari surgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida qabul qilinayotgan qonunlar bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirmoqda.

Tadbirkorlar hamda fuqarolarning huquq va erkinliklari ta’minlanishida sud tizimi ham muhim o‘rin tutmoqda. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi o‘rtasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. O‘tgan davrda mazkur sudlar plenumlari tomonidan o‘nga yaqin qo‘shma qaror qabul qilingan va ular amaliyotga samarali tatbiq etib kelinayotir.

Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi Plenumlari majlisida “Ishlarning taalluqligi bilan bog‘liq protsessual qonun hujjatlari normalarini sudlar tomonidan ko‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror loyihasi muhokama qilindi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tadbirkorlik rivojiga alohida e’tibor qaratilib, xususiy sektor yo‘lida uchrayotgan har qanday to‘siqlarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatida ana shu maqsad mujassam.

Farmonga muvofiq 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va ko‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan amaldagi Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Bu xususiy mulk va tadbirkorlik faoliyatining yanada erkin rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu borada sud organlarining mas’uliyati oshirilgani tadbirkorlik subyektlari huquqlari hamda qonuniy manfaatlari ta’minlanishiga xizmat qilmoqda. Xususan, xo‘jalik sudlari tomonidan da’vo arizasini ko‘rib chiqishga qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarish muddati 10 kundan 5 kungacha kamaytirildi. Xo‘jalik sudlariga taalluqli ishlar doirasi kengaytirilib, mehnatga oid nizolardan tashqari barcha korporativ nizolar xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilandi. Bu bilan ishlarni yanada sifatli ko‘rib chiqish imkoniyati yaratildi.

Bu o‘zgarishlar, o‘z navbatida, sudlarga tegishli tushuntirishlar berish, bu borada yagona sud amaliyotini shakllantirish zaruratini yuzaga keltirdi.

Shundan kelib chiqib tayyorlangan qo‘shma qaror yuqorida qayd etilgan qonunni amalda qo‘llash, yagona sud amaliyotini shakllantirish, bir so‘z bilan aytganda, odil sudlov sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Majlisda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qo‘shma qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida»gi qaror loyihasi ham muhokama etildi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

* * *

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy sud sudyalari, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar raislari, Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari va huquqshunos olimlar ishtirok etdi.

Oliy sud raisi Sh.G‘oziyev boshqargan majlisda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan izchil islohotlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda Oliy sud Plenumining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama etildi.

Sud-huquq tizimida izchillik bilan davom ettirilayotgan islohotlar jarayonida sohaga oid qonun hujjatlari yanada takomillashtirilmoqda. Jinoiy jazo tizimi liberallashib, yangi institutlar joriy etilayotir. Xususan, joriy yil 20-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan amaldagi 33 qonunga, 10 kodeksga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.

2015-yil 10-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan Jinoyat, Fuqarolik, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, Jinoyat-ijroiya kodekslariga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.

Qonun bilan ozodlikni cheklash ehtiyot chorasining joriy etilgani jinoiy jazolarni liberallashtirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Qonunlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida sudlarga tushuntirish berish, bu borada yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida plenum qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Majlislarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.Abdullayev ishtirok etdi.

O‘zA