Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PF-5763-son “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:

oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sohasida zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini chuqur oʻzlashtirgan kadrlarni tayyorlashning yuqori darajasi va sifatini taʼminlash;

idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar barcha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, oʻquv-pedagogik va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, mutaxassislar tayyorlash sifati, taʼlim mazmuni va darajasining davlat taʼlim standartlari va malaka talablariga mosligini taʼminlash;

taʼlimning yangi pedagogik texnologiyalari va oʻqitish uslublarini joriy etishning xalqaro amaliyotga muvofiq taʼlim jarayonini tashkil etish, oʻquv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, oʻqitishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini joriy etgan holda oʻquv jarayonini sifat jihatidan yangilash;

iqtisodiyot tarmoqlari, fan va ijtimoiy sohani rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olgan holda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, ishlab chiqarish va boshqa korxonalarda talabalar amaliyotini tashkil etish;

oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining maʼnaviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik gʻoyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak maʼnaviy gʻoyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yot gʻoya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash;

oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, oliy taʼlim, fan va ishlab chiqarishning oʻzaro mustahkam integratsiyasini taʼminlash, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish hamda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;

taʼlim muassasalarini zimmasiga yuklangan vazifalarni yuqori professional darajada bajarishga qodir rahbar va pedagog kadrlar bilan taʼminlash, ularni tizimli ragʻbatlantirish choralarini koʻrish;

oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish va takomillashtirish, ularning kasbiy mahorati sifati va darajasini muntazam oshirib borishi uchun sharoitlar yaratish, xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka oʻtashni tashkil etish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali talabalar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarning jahon taʼlim resurslari, ilmiy adabiyotlar elektron katalogi va maʼlumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, hamkorlikdagi qoʻshma oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi dasturlarini amalga oshirish, sohada erishilgan yutuqlarni xalqaro miqyosda keng yoritish;

ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflari, ilgʻor xorijiy tajriba, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy oʻzgarishlarni hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlarida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash uchun oʻquv rejalari va dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etish;

oʻquv va ilmiy laboratoriya bazalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, sport-sogʻlomlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) tugatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

3. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi huzuridagi Kasb-hunar taʼlimi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi huzuridagi Metrologik nazorat xizmati negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oʻquv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari negizidaOʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi tashkil etilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik) markaziy apparati tuzilmasiga oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining yoshlar, maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha oʻrinbosarilavozimi kiritilsin.

5. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 119 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi sifatinioshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga:

Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar tuzilmasiga belgilangan shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish tashkilotlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy kompaniyalar yuqori malakali mutaxassis va ekspertlarini konsultant sifatida ishga jalb etish, ularning mehnatiga haq toʻlash va boshqa toʻlovlari miqdorlarini shartnoma asosida mustaqil belgilash huquqi berilsin.

7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) oliy taʼlim muassasalarining tuzilmalari tegishli oliy taʼlim muassasalari rektorlari (mahalliy oliy taʼlim muassasalari filiallari direktorlari) tomonidan oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

b) davlat va davlat ulushi mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasasining rektori (xorijiy oliy taʼlim muassasasi filialining mahalliy rektori yoki direktori, ijrochi direktori) boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora rahbarining tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holdaVazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

v) davlat va davlat ulushi mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasasining prorektorlari (mahalliy oliy taʼlim muassasasining filiali direktori, uning oʻrinbosarlari, xorijiy oliy taʼlim muassasasi direktori oʻrinbosarlari) oliy taʼlim muassasasi rektorining tavsiyasiga asosan boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, bunda:

oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari) lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi;

yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari) lavozimiga nomzod Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi;

ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (filial direktori oʻrinbosari) lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi;

g) oliy taʼlim muassasalari:

huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlari, boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasiningrektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

fakultet dekanlari oliy taʼlim muassasasining rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

d) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar rahbarlari oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

ye) kasb-hunar taʼlimi muassasalari:

direktorlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

direktorining oʻrinbosarlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda kasb-hunar taʼlimi muassasalari direktori tomonidan, shuningdek, akademik litsey direktori oʻrinbosarlari oliy taʼlim muassasasi rektori bilan kelishilgan holda akademik litsey direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

8. Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2020-yildan boshlab taʼlim xizmatlari bozorida oliy taʼlim muassasalarining ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqoriligi va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, ularni bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish tartibini 2019-yil 1-sentyabrga qadar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalariga quyidagi huquqlar berilsin:

a) yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida xodimlarga ustamalar va moddiy ragʻbatlantirishning boshqa turlari miqdorlarini mustaqil belgilash;

b) iqtidorli, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan boʻlgan talabalarni moddiy ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash;

v) saqlash xarajatlari, vazifa va majburiyatlarni bajarish, oʻqitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy etish hamda xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, dasturiy taʼminotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, oʻquv va ilmiy laboratoriyalar hamda sarflanadigan laboratoriya materiallarini (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar), shu jumladan, kitoblar, jurnallar, oʻquv adabiyotlari xarid qilish va chop ettirish uchun mablagʻlarni mustaqil sarflash;

g) oliy taʼlim muassasasi infratuzilmasiga servis xizmatlari koʻrsatishning alohida turlari, jumladan, bino va inshootlar, talabalar turar joylari, sport obyektlaridan foydalanish, ularni tozalash, taʼmirlash, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya tarmoqlarini saqlash va yuridik xizmatlar koʻrsatishni autsorsing shartlarida tashkil etish;

d) boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda:

oliy taʼlim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati, uning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olib, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini belgilash, yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish;

oliy taʼlim muassasasini oʻzini oʻzi toʻliq moliyaviy taʼminlash miqdoridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Vazirlik hamda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda har bir oliy taʼlim muassasasining yoʻnalishi va xususiyatidan kelib chiqqan holda ularning jihozlanishi alohida yondashuvni talab etayotganligini inobatga olib, Investitsiya dasturlari doirasida oʻquv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya vositalari va boshqa texnikalar bilan jihozlash uchun ajratiladigan mablagʻlarni toʻgʻridan-toʻgʻri oliy taʼlim muassasalariga moliyalashtirish orqali ular tomonidan oʻrnatilgan tartibda xaridlar amalga oshirilishini taʼminlasin.

11. Belgilansinki:

a) toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddatlari oliy taʼlim muassasasi rektori (mahalliy oliy taʼlim muassasasining filiali direktori) tomonidan uzaytiriladi;

b) mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro kelishuvi doirasida amalga oshirilayotgan qoʻshma taʼlim dasturlari, jumladan, qoʻshma fakultetlarda:

talabalarni qabul qilish tartibi, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati hamda mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash miqdorlari hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan kelishuv asosida;

oʻqishga qabul qilish parametrlari, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini tasdiqlash hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari, boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy taʼlim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;

v) talaba-yoshlar oʻrtasida sport musobaqalarini keng ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari sport klublarini saqlash, sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ishtirokchilarni kiyim-kechak bilan taʼminlashni moliyalashtirish oliy taʼlim muassasalarining toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

12. 2022-yil 1-yanvarga qadar:

oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar doirasida oliy taʼlim muassasalari va ular huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini taʼminlash uchun olib kelinadigan kitoblar, jurnallar, oʻquv adabiyotlari, dasturiy taʼminotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, oʻquv va ilmiy laboratoriyalar hamda sarflanadigan laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar) bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);

Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro kelishuv boʻyicha qoʻshma dasturlar (fakultetlar va akademik dasturlar) hamda filiallar (markazlar) shaklida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻygan chet el oliy taʼlim muassasalari ularning Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirayotgan oliy taʼlim faoliyati doirasida olingan daromadlari boʻyicha barcha turdagi soliqlar, shuningdek, chet ellik xodimlarning mehnatiga haq toʻlash fondi qismi boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlov toʻlashdan ozod etilsin.

13. Vazirlik:

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 11-iyul

www.uza.uz