Olmazor tumanini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29 iyun kuni Toshkent shahri va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Mahalliy budjetlar mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida Olmazor tumanida 5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ qolgani, bu hududdagi muammolarni hal etish, yangi loyihalarni amalga oshirishga asos bo‘lishi ta’kidlandi.
Lekin tuman ko‘pgina ko‘rsatkichlar bo‘yicha rivojlanishdan orqada qolayotgani tanqid qilindi. Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahridagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2 barobar, xizmat ko‘rsatish ko‘lami 3 barobar kam ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish, ishlamayotgan zavodlarni tiklash, yangi korxonalar tashkil etish, tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish hisobidan odamlarga daromad manbai yaratish zarurligi qayd etildi. Tumanda 15 mingta ish o‘rni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.