Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OLOTLIK SAYLOVCHILAR NOMZODNING SAYLOVOLDI DASTURI BILAN TANISHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OLOTLIK SAYLOVCHILAR NOMZODNING SAYLOVOLDI DASTURI BILAN TANISHDI

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarovning ishonchli vakili A.Tursunov Buxoro viloyati Olot tumani saylovchilari bilan uchrashdi.

Ishonchli vakil saylovchilarni Prezidentlikka nomzodning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Nomzodning dasturi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, ma’naviy va axloqiy yetuk adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish borasidagi dasturiy maqsad hamda vazifalariga tayanilgani ta’kidlandi.

Partiyaning asosiy vazifalari haqida gap borar ekan, qonunchilik va sud-huquq tizimiga ham alohida e’tibor qaratildi. Davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida “adolatli qonunlarni qabul qilish”, “qonun ustuvor bo‘lgan joyda adolat bo‘ladi” kabi g‘oyalarni hayotga keng joriy etish, qonun ustuvorligini ta’minlash inson huquq va erkinliklari, uning ijtimoiy himoyasi amalda ta’minlanadigan huquqiy davlat, adolatli, erkin jamiyat, farovon hayot barpo etishning garovi ekani qayd etildi.

Dasturda asosiy ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni faqat qonunchilik yo‘li bilan muvofiqlashtirish, qonunosti hujjatlarining soni va doirasini qisqartirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, mamlakatimizda huquqiy ta’limni tubdan yaxshilash, qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish, aholini qabul qilinayotgan qonunlar maqsadi va mazmun-mohiyati haqida keng xabardor etib borish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda Olot tumani tibbiyot birlashmasi shifokori S.Hojiyeva, tuman “Suvoqova” davlat unitar korxonasi muhandisi N.Arabov, Olot sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi D.Davlatov va boshqalar Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi xususida fikr bildirdi. Saylovchilarni Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Prezident saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA