Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OLOV – TILSIZ YOV

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OLOV – TILSIZ YOV

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Har yili yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yilning 20-noyabridan 20-dekabriga qadar mamlakatimizda yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda oylik davomida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari, korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillik yillarida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, qishloq va shaharlarimizda zamonaviy ko‘p qavatli turar joylar, ma’muriy binolar, ishlab chiqarish korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, muhtasham sport va savdo majmualari bunyod etilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish yil sayin ortmoqda. Mana shularning barchasini yong‘indan asrash, nest-nobud qilmay saqlash o‘ta muhim vazifa sanaladi. Bu faqat o‘t o‘chiruvchilarning emas, balki har birimizning mas’uliyatli burchimizdir.

– Olov – tilsiz yov, deb bejiz aytishmagan. Uning oqibatida mamlakat iqtisodiyoti, odamlar hayotiga jiddiy ziyon yetishi mumkin, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mutaxassisi Anvar Jumashev. – Shu bois milliy va moddiy boyliklarni, qad rostlayotgan ijtimoiy-iqtisodiy inshootlarni asrashimiz, qish mavsumi davomida aholi turar joylarida isitishga bo‘lgan ehtiyojning ortishi tufayli qo‘lbola moslamalar va elektr uskunalaridan foydalanish oqibatida sodir bo‘ladigan yong‘in xavfining oldini olishimiz zarur. Bu borada boshqarma tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, barcha soha va tarmoqlar, xonadonlarniyong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish, o‘ta muhim va toifalangan obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Aholining yong‘in xavfsizligiga oid bilimi, ko‘nikmasi va hushyorligini oshirishga qaratilgan turli targ‘ibot ishlari olib boriladi. Ayni paytda yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan eslatma, plakat va shiorlarni aholining barcha qatlamiga yetkazish choralari ko‘rilayotir.

Tadbirda yong‘in xavfsizligi oyligi davomida xalqimizning moddiy boyliklarini asrash, eng muhimi, inson hayoti bilan bog‘liq turli baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilab olindi.

O‘zA