Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“ONA TILIDA AYTILGAN SO’Z HAR QANDAY OHANGDAN QADRLI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“ONA TILIDA AYTILGAN SO'Z HAR QANDAY OHANGDAN QADRLI”

Qozog’istonda chop etiladigan “KazPravda” gazetasining veb-saytida ana shunday sarlavhali maqola e’lon qilindi. Unda buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiy ijodiga bag’ishlab Ostona shahrida o’tkazilgan ijodiy kecha haqida so’z yuritiladi.

Maqolada tadbir YUNESKOning 1999 yidagi Bosh Konferensiyasida e’lon qilingan Xalqaro ona tili kunining Qozog’istonda nishonlanishi doirasida bo’lib o’tgani aytiladi.

Nashr kechada so’zga chiqqan Qozog’iston va O’zbekiston vakillarining xalqimizning buyuk ajdodi hayot yo’li va ijodiy faoliyati haqidagi mulohazalarini keltiradi.

Maqolada qayd etilishicha, Qozog’iston Prezidenti ma’muriyatining Qozoq xalqi assambleyasi kotibiyati mudiri Yerali Tugjonov har bir xalq uchun ona tili, uning tarixi va an’analari ulkan meros ekanini ta’kidladi.

“Tarixni o’rganar ekan, inson qalbining xotirjamligini his qiladi va bu o’z navbatida uning kamolga yetishiga asos bo’lib xizmat qiladi, - dedi Ye.Tugjonov deb yozadi “KazPravda”. - Alisher Navoiyning ijodiy merosi - o’zida asrlar donoligi va Sharqning nafosatini mujassam etgan haqiqiy xazinadir. Buyuk mutafakkirning nafis qofiyalash san’atidan ilhomlangan qozoq badihago’y shoiri Meylixo’ja Sultonxo’ja o’g’li o’z she’rlarini unga bag’ishlagan”.

Nashrda shuningdek, tadbirda turkiy xalqlar rivojlanishining tarixiy asoslari haqida so’zlagan Qozog’iston jamoat arbobi, yozuvchi va olim Mirtazay Joldasbekovning fikrlari keltiriladi.

“O’zbek va qozoq xalqlarining tomiri bir, biz bir daraxtning baayni ikki shoximiz, tariximiz yaqin, mentalitet va tilimiz uyg’un. Shunday ekan, Alisher Navoiyning ijodiy merosi barchamizning boyligimizdir”.

Shu bilan birga, maqolada ijodiy kecha Ostona shahrida faoliyat yuritayotgan O’zbek etnik madaniyati markazi tashkil etilganiga 10 yil to’lishi arafasida o’tkazilgani aytiladi. Xususan, tadbirda qatnashgan O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Muhammadali Ahmedov o’z ma’ruzasida buyuk g’azalnavis shoirning hayoti va ijodi haqida to’xtalgani qayd etiladi.

“Taniqli davlat arbobi G’iyosiddin Kichkina xonadonida tug’ilgan bo’lajak shoir Hirot, Samarqand va Mashhadda mukammal ta’lim oldi. Yosh Alisherning suyukli ustozlaridan biri uning ijodiy qobiliyatini ilg’agan, keyinchalik umrbod do’st va maslakdosh bo’lib qolgan o’z davrining mashhur shoiri va faylasufi Abdurahmon Jomiy edi”.

Nashr xalq afsonalariga asoslangan beshta dostondan iborat “Xamsa” asari Alisher Navoiy ijodining yuksak namunasi sifatida e’tirof etilishi haqida to’xtaladi. Buyuk mutafakkirning adabiy faoliyatidagi yana bir ulkan xizmati sifatida o’sha davrda turkiy til deb yuritilgan hozirgi o’zbek tilida ijod qilib, uning o’rta asrlarda keng qo’llanilgan fors tilidan kam emasligini isbоtlab bergani ta’kidlanadi.

“Alisher Navoiy insonparvarlik g’oyalarining tarafdori edi, - deya xulosa qiladi “KazPravda”. - Hukmdor saroyida nufuzli lavozimda xizmat qilarkan, u hamisha zulm va adolatsizlikka qarshi kurashdi, o’z umrini insonlar tengligini ta’minlashga, nohaq kamsitilgan odamlar manfaatlarini himoya qilishga bag’ishladi”.

“Jahon” AA