Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“ONA YURTIMIZ BAXTU IQBOLI VA BUYUK KELAJAGI YO‘LIDA XIZMAT QILISH – ENG OLIY SAODATDIR” KITOBINING TAQDIMOT MAROSIMI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“ONA YURTIMIZ BAXTU IQBOLI VA BUYUK KELAJAGI YO‘LIDA XIZMAT QILISH – ENG OLIY SAODATDIR” KITOBINING TAQDIMOT MAROSIMI

Shu yil 12-avgust kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda siyosatshunos, iqtisodchi va huquqshunos olimlar, ta’lim-tarbiya, adabiyot, san’at va madaniyat namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, nuroniylar, mahalla, xotin-qizlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot marosimini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov qisqacha kirish so‘zi bilan ochdi. Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan anjumanda mazkur kitobning nashr etilishi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida beqiyos ahamiyatga molik ulkan voqea ekani alohida ta’kidlandi.

Ma’lumki, 2015-yil 29-mart kuni yurtimizda milliy va xalqaro huquq normalari, demokratik tamoyillar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovda saylovchilarning 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Islom Abdug‘aniyevich Karimovga ovoz berdi. Bunday yorqin g‘alaba Islom Karimovning davlat rahbari sifatida O‘zbekiston mustaqilligini ta’minlash, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi strategik maqsad va vazifalarni hal etish yo‘lidagi beqiyos xizmatlarining yuksak e’tirof etilgani, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning xalqimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini tasdiqlaydi.

“Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” kitobidan davlatimiz rahbarining saylovoldi jarayonlaridagi yigirmadan ziyod uchrashuv va anjumanlarda bildirgan eng muhim, konseptual ahamiyatga molik g‘oya va fikr-mulohazalari o‘rin olgan.

Tadbir ishtirokchilari bu keng qamrovli kitobda mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan murakkab, ayni vaqtda sharafli tarixiy yo‘li o‘z ifodasini topgani, bugungi kunda hayotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan eng dolzarb va o‘tkir savollarga chuqur va haqqoniy javob berganini alohida ta’kidladilar.

Bo‘lib o‘tgan fikr almashuvlarda ushbu to‘plam bilan tanishgan kitobxon undan o‘rin olgan barcha fikr-mulohazalarni o‘zaro uzviy bog‘lab turadigan asosiy fazilat – bu Vatanimiz istiqloliga fidoyilik, shu zamin, shu xalqning farovonligi va baxtu iqboli, yorug‘ kelajagi uchun har qanday sinov va mashaqqatlarga tayyor turish, shu ulug‘ maqsadlarga erishishni oliy saodat, o‘z hayotining mazmuni deb biladigan inson – o‘zbek davlatining asoschisi, betakror shaxs, ulkan davlat arbobining bezovta va bedor qalbi, yurak harorati, keng tafakkuri, mustahkam iroda va e’tiqodi ekani e’tirof etildi.

Taqdimot marosimida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, filologiya fanlari doktori Sh.Sirojiddinov, iqtisod fanlari doktori, professor A.Sodiqov, Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi bosh muharriri S.Ostonov, Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti prorektori, tarix fanlari doktori, professor A.Mavrulov, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi J.Inog‘omov, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani “Amir Temur” fermer xo‘jaligi rahbari N.Rahmatullayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist J.Piyazov va boshqalar kitobda davlatimiz va jamiyatimizning yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi aniq-ravshan belgilab berilganini, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va san’at, sport kabi ijtimoiy sohalarni barqaror rivojlantirish, yurtimizdagi har bir hudud va mintaqa taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishga doir yangi reja va ustuvor loyihalar, bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan keskinlik va qarama-qarshiliklar, turli tahdidlarning oldini olish, O‘zbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasi to‘g‘risidagi qarashlar har tomonlama puxta asoslangan holda bayon qilinganini qayd etib, o‘rtaga qo‘yilgan g‘oyat muhim va dolzarb masalalarning mohiyati xususida atroflicha fikr bildirdilar.

Uchrashuvda xalqimizning tafakkur xazinasini boyitishga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgan bu kitob mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini izchil davom ettirish, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish borasida oldimizda turgan vazifalarni aniq-ravshan belgilab berishi bilan barchamiz uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Tadbirda mamlakatimizning istiqlol tarixini teran idrok etish, yurtdoshlarimizni ijtimoiy faollikka undash, yangi-yangi marralar sari ruhlantirishda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” kitobini chuqur o‘qib-o‘rganish, uning mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

WWW.UZA.UZ