Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OQSAROYDA QABUL

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OQSAROYDA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 30-mart kuni Oqsaroyda Germaniya Federativ Respublikasi federal tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Frank-Valter Shtaynmayyerni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlab, ushbu uchrashuv o‘zaro hamkorlik bo‘yicha fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lib, O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va doimiy aloqalarning uzviy qismi ekanini ta’kidladi.

O‘zbekistonda Germaniyani Yevropadagi yirik intellektual, iqtisodiy, texnik va texnologik salohiyatga ega, xalqaro maydonda nufuzli, global va mintaqaviy masalalarni hal qilishga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan yetakchi davlatlardan biri sifatida biladi.

O‘zbekiston mustaqilligi yillarida mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda barqaror hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda 130 dan ortiq hujjatdan iborat mustahkam huquqiy baza yaratilgan va barcha darajadagi munosabatlar uchun ishonchli mexanizm mavjud.

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga keyingi 15-yilda Germaniyaning 784 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari va kreditlari jalb etilgan. O‘zbekistonda Germaniya Federativ Respublikasi investitsiyasi ishtirokida 113 korxona, shundan 27 tasi to‘la Germaniya kapitali asosida faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda dunyoga mashhur nemis kompaniyalari O‘zbekiston bozorida mustahkam o‘rin egallab, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. “MAN” konserni bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida zamonaviy zavod barpo etilgan. Korxonada turli rusumdagi yuk avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Ushbu avtomobillarga xorijda ham talab yuqori. Germaniya sanoatining yana bir yetakchisi – “CLAAS” konserni bilan tashkil etilgan qo‘shma korxonada zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarilmoqda.

O‘tgan yili tashkil etilgan O‘zbekiston – Germaniya ishbilarmonlar kengashining ikkita majlisi o‘tgani savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga ikki tomonda ham qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi. Ushbu majlislar doirasida Germaniyadan 2,85 milliard dollarlik texnologiyalar va imtiyozli kreditlarni jalb etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish haqidagi hujjatlar imzolangan.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Germaniya hamkorligiga doir boshqa masalalar, jumladan, madaniy-gumanitar aloqalarni izchil rivojlantirish, ta’limga oid qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim masalalar ham muhokama qilindi.

GFR tashqi ishlar vaziri samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Germaniya rahbariyati o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

O‘zА