Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OQSAROYDA QABUL

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OQSAROYDA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 18-may kuni Oqsaroyda Bolgariya Respublikasi Bosh vaziri Boyko Borisovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Bolgariya Bosh vazirining O‘zbekistonga ilk tashrifi o‘zaro munosabatlarda muhim voqea bo‘lib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston Bolgariyani an’anaviy va ishonchli iqtisodiy hamkor deb biladi, o‘zbek va bolgar xalqlari uzoq yillik do‘stlik aloqalariga ega.

Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari – sanoat, transport kommunikatsiyalari, turizm, shuningdek, zamonaviy qo‘shma sanoat korxonalarini tashkil qilishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar Bolgariya Bosh vaziri tashrifi doirasida 18-may kuni «Angren» maxsus industrial zonasida yuqori texnologiyali yangi «UzPristaoyl» qo‘shma korxonasining ochilishi o‘zaro manfaatli hamkorlikning yorqin misoli bo‘lganini qayd etdilar. «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi va Bolgariyaning «Prista Oyl» kompaniyasi tomonidan ta’sis etilgan mazkur korxona sintetik va yarim sintetik motor moylarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga ixtisoslashgan.

B.Borisov yangi korxonaning eksport salohiyati yuqori ekanini, O‘zbekistonda tashkil etilgan «Navoiy» va «Angren» maxsus iqtisodiy va industrial zonalarda xorijiy sarmoyadorlarning muvaffaqiyatli faoliyati uchun qulay sharoit yaratilgani, bu yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ekanini ta’kidladi. Bu Bolgariya kompaniyalariga Markaziy, Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari bozorlariga chiqish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bolgariyada olib borilayotgan va asosiy yo‘nalishlari iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyalarni kengaytirish, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bo‘lgan iqtisodiy siyosatni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Bolgariya Bosh vaziri O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar strategiyasi natijasida tub iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarga erishilganini yuqori baholadi. Bugungi islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar O‘zbekistonning yanada taraqqiy etishida muhim omil bo‘layotganini qayd etdi.

Tomonlar o‘zaro savdo aloqalarini yanada kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. O‘zbekiston Bolgariya bozoriga keng turdagi sanoat mahsulotlari eksport qilish va ushbu mamlakatdan yuqori texnologiyali tovar va uskunalar import qilishdan manfaatdor.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Bolgariya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi istiqbolli yangi loyihalarni ishlab chiqish uchun ishbilarmon doiralar delegatsiyalari almashish bo‘yicha kelishib olindi.

B.Borisov Prezidentimizga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Bolgariya O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati