Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OQSAROYDA QABUL

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OQSAROYDA QABUL

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1-may kuni Oqsaroyda Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, ctrategiya va moliya vaziri Choy Kyong Xvanni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, Koreya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli va strategik sherigi ekanini ta’kidladi. O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorligi o‘zaro manfaatli va samarali xususiyatga ega bo‘lib, barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib bormoqda.

Ayni paytda Koreya Respublikasi O‘zbekistonning iqtisodiyot, investitsiya va texnologiya sohalaridagi asosiy sheriklaridan biridir.

Janubiy Koreya biznesining faol ishtirokida mamlakatimizda sanoatning turli sohalarida qator muhim strategik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Surg‘il konida barpo etilayotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, shuningdek, mashinasozlik, elektr energetikasi, neft-gaz, avtomobilsozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoati va boshqa sohalardagi o‘nlab loyihalar muvaffaqiyatli investitsion hamkorligimizning yorqin namunasidir. Bugun O‘zbekistonda Janubiy Koreya kapitali ishtirokida tuzilgan 400 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Janubiy Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari umumiy hajmi 5 milliard AQSh dollaridan oshdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida ham janubiy koreyalik sheriklar bilan hamkorlik faol rivojlanmoqda. 2014-yilda Toshkentda ochilgan Inxa universitetining filialida komputer injiniringi va dasturlash sohasi mutaxassislari tayyorlanmoqda.

Koreya Respublikasining Eksimbanki, Taraqqiyot banki, «EDCF» jamg‘armasi va boshqa ko‘plab yetakchi moliya institutlari bilan ham sheriklik aloqalari mustahkamlanib bormoqda.

Jahondagi yirik transport kompaniyalaridan biri bo‘lgan «Korean Eyr» hamkorligida “Navoiy” aeroporti negizida xalqaro intermodal logistika markazi samarali faoliyat yuritmoqda.

Oqsaroyda o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi. Shu kunlarda ikki davlat moliya vazirlari uchinchi majlisining o‘tkazilishi iqtisodiy sohadagi o‘zaro hamkorlikning joriy ahvolini chuqur tahlil etish va yangi yo‘nalishlarini belgilash imkonini berishi ta’kidlandi.

Choy Kyong Xvan davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etib, Koreya Respublikasi O‘zbekiston bilan serqirra va uzoq muddatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.

www.uza.uz