ORASTA VA OQILA QIZLAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Mahallaning eng orasta qizlari” respublika anjumani o‘tkazildi.
“12-yillik majburiy ta’lim – mening saodatim uchun” shiori ostida tashkil etilgan ushbu anjumanda “Orasta qizlar” to‘garaklarining a’zolari, o‘qituvchilar, ma’naviyat targ‘ibоtchilari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, faol xotin-qizlar ishtirok etdi.
Mamlakatimizda qizlarni 12-yillik bepul, uzluksiz ta’lim bilan to‘liq qamrab olish, ularning sog‘lig‘i haqida qayg‘urish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, iqtidori va layoqatini yuzaga chiqarishga oid ezgu chora-tadbirlar yil sayin ko‘payib bormoqda.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bu boradagi vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda. 2011-yilda yurtimizdagi o‘quv muassasalari qoshida “Orasta qizlar” to‘garaklari tashkil etildi. Maqsad bolalar, o‘smirlar va yoshlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini to‘g‘ri shakllantirish, ekologik va tibbiy madaniyatni yuksaltirishdan iboratdir. Ushbu to‘garaklar erta turmush qurishning oldini olish, nikoh yoshidagi qizlarga oila muqaddasligi, oilaviy qadriyatlar haqida keng tushuncha berishdek maqsadlarga xizmat qilmoqda. To‘garaklar nafaqat tibbiy, balki g‘oyaviy-ma’rifiy targ‘ibоt ishlarini ham olib borayotgani qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oila, jamiyat, Vatan oldidagi mas’uliyatini yanada yuksaltirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining 39-bandida “Orasta qizlar” to‘garaklari ishini jonlantirish, qizlarning huquqiy, tibbiy madaniyatini oshirish, ularni kasbga o‘rgatish, milliy qadriyatlar, keksa avlodni e’zozlash ruhida, yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, g‘oyaviy tahdidlardan himoyalash, kiyinish va muomala madaniyatini to‘g‘ri shakllantirish masalalari muhim vazifa sifatida belgilangan.
“Mahallaning eng orasta qizlari” ko‘rik-tanlovi ayni maqsadga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir. Loyihaning tuman (shahar) bosqichlari iyun oyida, hududiy bosqichlari iyul-avgust oylarida o‘tkazilib, unda 250 mingdan ortiq qiz ishtirok etdi. Tanlovda qatnashish uchun umumta’lim maktablarining 8-9 sinf o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan qizlar jalb qilindi. Joylarda bo‘lib o‘tgan “Orasta qizlar davrasi” ko‘rik-tanlovlarida yoshlarga oid islohotlarning ahamiyati, ma’naviy jabhadagi keng ko‘lamli chora-tadbirlar, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga oid tamoyillar keng va atroflicha tushuntirildi.
– Bugungi kunda yurtimizda qiz bolalarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb-hunar egallashi uchun barcha zarur sharoit yaratilgan, – deydi Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi 22-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Dilyoraxon Turg‘unboyeva. – Xalqimizga munosib farzand bo‘lish, imkoniyatlardan samarali foydalanish bizning burchimizdir.
Tanlovning respublika bosqichida 193 nafar qiz 14 ta jamoaga bo‘lingan holda qatnashdi. Jamoalarning “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi, yoshlarga oid davlat siyosati, xotin-qizlar, bolalar sportini rivojlantirish yuzasidan qilinayotgan g‘amxo‘rlikning ko‘lami va mohiyati haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Ishtirokchilar tomonidan tanlangan mavzular bo‘yicha videolavhalar tayyorlanib, qizlarning unga munosabati, atroflicha sharhi va tahlillari hakamlar hay’ati e’tiboriga havola etildi.
Jamoalar 14 ta nominatsiya bo‘yicha baholanib, ularga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan ma’rifat, ma’naviyatga yetaklovchi muhim manba – ilmiy va badiiy, ommabop kitoblar hamda o‘z hududlarida targ‘ibоt ishlarini olib borish vazifasi yuklatilgan sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.
O’zA