Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OROLBO’YI MINTAQASINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA AHOLI FAOLLIGI HAM MUHIM AHAMIYATGA EGA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OROLBO'YI MINTAQASINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA AHOLI FAOLLIGI HAM MUHIM AHAMIYATGA EGA

Shu kunlarda Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi Ijroiya qo’mitasi boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyati shahar va tumanlarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2018 yillarda Orolbo’yi mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Orol halokatining oqibatlarini yengillashtirish borasidagi chora-tadbirlar kompleks dasturi to’g’risida”gi qarori mohiyati hamda ahamiyati haqida aholining xabardorligini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlarni tashkil etmoqda.

Ularda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Ekoharakat faollari, sohaga daxldor vazirlik va idoralar mutaxassislari, ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish, sog’liqni saqlash yo’nalishida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashayapti.

Ta’kidlash lozimki, ana shunday mazmundagi tadbirlarning dastlabki bosqichi o’tgan yilning 12 — 16 oktyabr kunlari o’tkazilgan edi. Ikkala bosqich doirasida umumiy qiymati 3,9 mlrd. AQSh dollariga teng bo’lgan, 2015 — 2018 yillarda Orolbo’yi hududida ro’yobga chiqariladigan kompleks chora-tadbirlar dasturining asosiy yo’nalishlari, loyihalar ro’yxati hamda ulardan kutilayotgan natijalar, shuningdek, taklif etilayotgan qo’shimcha loyihalarni taqdimot va ochiq muloqotlar orqali keng jamoatchilikka yetkazish nazarda tutilgan. Orol dengizi qurishi bilan bog’liq ekologik muammolarni bartaraf etish hamda noxush oqibatlarining oldini olishda bunday sa’y-harakatlarning ahamiyati katta, albatta.

Ma’lumki, so’nggi ellik yilda Orol dengizi 4,5 barobarga qisqarib, dengiz suv yuzasi maydoni 8 marotaba kamaydi va suv sathi 53,4 metrdan 29 metrga yoki qariyb 25 metrga pasaydi. Dengiz suvining sho’rlanganlik darajasi esa deyarli 25 marotabaga ortdi. Bu esa dunyo okeanlari minerallashuvi ko’rsatkichiga nisbatan 11 marta ko’p demakdir. Dengizning qurib qolgan maydoni 5,5 million gektarni tashkil etib, tutash hududlarga zaharli qum va tuzli bo’ronlar yog’diruvchi manbaga aylandi. Bu yerda har yili atmosferaga 15 milliondan 100 million tonnagacha chang, tuz ko’tariladi.

Orolning qurishi murakkab iqtisodiy-ijtimoiy, demografik-gumanitar muammolarni keltirib chiqarib, odamlarning hayot tarziga jiddiy xavf tug’dirayotir. Dengizning transport, baliqchilik, chorvachilik va boshqa an’anaviy faoliyat turlaridagi ahamiyati tushib ketishi minglab kishilarni asosiy tirikchilik manbaidan ayirdi.

Ushbu global ekologik muammoning oqibatlarini yumshatish masalasiga dunyo hamjamiyatining e’tiborini qaratish ayni muddaodir. O’zbekiston Respublikasi Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasiga raisligi davrida mazkur tashkilotning raisi, Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Urganch shahrida 2014 yilning 28-29 oktyabr kunlari o’tkazilgan xalqaro konferensiya ham ana shu maqsadga xizmat qiluvchi amaliy ishlardan biri bo’ldi.

Qator xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va donor davlatlar hukumati vakillarining ishtirokida o’tgan yirik anjuman doirasida muhim bitimlarga kelishildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2015 — 2018 yillarda Orolbo’yi mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Orol halokatining oqibatlarini yengillashtirish borasidagi chora-tadbirlar kompleks dasturi to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

Bu hujjatga muvofiq, Orolbo’yi hududida suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish va boshqarish tizimini takomillashtirish, ekologik tahdid mavjud hududlarda yashovchi aholi genofondi hamda sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, turmush tarzi darajasi va sifatini yaxshilashga ko’maklashish, o’simlik hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ekotizimlar va bioxilmaxillikni tiklash kabi 5 ta asosiy yo’nalishda samarali loyihalar ro’yobga chiqariladi.

Xorazm viloyatida shu yilning 5 fevraligacha davom etadigan tadbirlarda aholi keng qatlamiga mazkur dastur batafsil tushuntirilmoqda, jamoatchilikning taklif va mulohazalari o’rganilayapti.

"HALQ SO’ZI" GAZETASI