“ORZULARI BIR OLAM QALBLAR”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida Xalqaro nogironlar kuniga bag’ishlangan “Orzulari bir olam qalblar” nomli ko’rgazma ochildi.
Imkoniyati cheklangan bolalarning hayotga moslashishi, jamiyatda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ko’plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Sanvikt” nogiron bolalar ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar badiiy iste’dodini aniqlash, ularni har tomonlama rag’batlantirishga yo’naltirilgan.
Ayni paytda markazda besh yoshdan o’n yetti yoshgacha bo’lgan kam ta’minlangan va imkoniyati cheklangan bolalar rassomlik, haykaltaroshlik, gilam to’qish, gul solib bezash, miniatyura va zardo’zlik san’ati sirlaridan tahsil olmoqda.
Mazkur ko’rgazmaga “Sanvikt” nogiron bolalar ilmiy-tadqiqot markazi hamda “Iqtidor” nogiron bolalar ijodiy san’at markazida tahsil olayotgan yoshlarning yuzdan ortiq ijodiy ishlari qo’yilgan.
Ko’rgazma doirasida imkoniyati cheklangan bolalar uchun hattotlik, origami yo’nalishlarida hamda yapon san’ati bo’yicha turli mahorat darslari, seminarlar tashkil etilishi ko’zda tutilgan.