Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OSIYO CHEMPIONATIDA MEDALLAR SHODASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OSIYO CHEMPIONATIDA MEDALLAR SHODASI

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 8-18 yoshgacha o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz a’zolari 8 oltin, 12 kumush va 9 bronza, jami 29 medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi va Osiyo shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan nufuzli musobaqada qit’amizning 20 ga yaqin davlatidan 400 ga yaqin shaxmatchi g‘oliblik uchun bahslashdi. Osiyo chempionati uch yo‘nalishda – standart, rapid va blits bo‘yicha o‘tkazildi.

Nufuzli musobaqaning shveytsarcha tizimda to‘qqiz turdan iborat standart shaxmat bahslarida sportchilarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, 3 oltin, 4 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Chempionatning o‘n olti yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida shaxmatchilarimizga teng keladigan raqib topilmadi. Tajribali shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboyev to‘qqiz partiyaning oltitasida g‘alaba qozonib, ikkitasida durang natija qayd etdi va 7 ochko bilan Osiyo chempioni bo‘ldi. To‘qqiz turning beshtasini g‘alaba va to‘rttasini durang bilan yakunlagan Shamsiddin Vohidov ham 7 ochko to‘plab, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kumush medalga sazovor bo‘ldi. Uchinchi o‘rin to‘qqiz imkoniyatdan 6,5 ochko jamg‘argan Saidakbar Saydaliyevga nasib etdi.

O‘ttiz besh shaxmatchi ishtirokida o‘tgan o‘n ikki yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahs ham yosh, iqtidorli sportchimiz Javohir Sindorovning g‘alabasi bilan yakunlandi. U to‘qqiz imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Sakkiz yoshgacha qizlar bahsida Afro‘za Hamdamova to‘qqiz partiyaning sakkiztasida g‘alaba qozonib, bittasida durang natija qayd etdi va 8,5 ochko bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. To‘qqiz imkoniyatdan 7 ochko jamg‘argan Odina Olimova kumush medal bilan taqdirlandi.

O‘z yosh toifasida Nodirbek Abdusattorov (8 ochko) birinchi, Umarxon Faxriddinxo‘jayev (6,5 ochko) ikkinchi, Alixon Avazxonov (6,5 ochko), Gulruhbegim Tohirjonova (6,5 ochko) uchinchi o‘rinni egalladi.

Chempionatning rapid bahslarida mamlakatimiz sportchilari 3 oltin, 4 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagani haqida avval xabar bergan edik. O‘z yosh toifasida Shamsiddin Vohidov, Ortiq Nig‘matov, Gulruhbegim Tohirjonova Osiyo chempioni bo‘ldi. Afro‘za Hamdamova, Shahrombek Karimov, Akobirxon Saydaliyev, Nilufar Yoqubboyeva kumush medalni qo‘lga kiritdi. Humoyun Sindorov, Abdulbosit Sharifjonov va Georgiy Shvanov bronza medal bilan taqdirlandi.

Blits musobaqasida aka-uka Javohir va Islombek Sindorovlar qit’ada tengsiz ekanini isbоtladi. O‘n ikki yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Javohir 8 ochko bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Islombek o‘n yoshgacha bolalar bahsida 7,5 ochko jamg‘arib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

O‘z yosh toifasida Nodirbek Yoqubboyev, Humoyun Bekmurodov, Mahim Orazmuhammedova, Afro‘za Hamdamova kumush, Shamsiddin Vohidov, Sitora Saparova, Nozima Valiyeva bronza medal bilan taqdirlandi.

– Poytaxtimizda o‘tgan Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilganimizdan xursandmiz, – deydi Nodirbek Yoqubboyev. – Musobaqalar qiyin o‘tdi, raqiblarimiz bor tajriba va mahoratini namoyon etdi. Lekin biz murabbiylar va xalqimiz ishonchini oqlashga harakat qildik. Kelgusida jahon chempionatlarida ham yuqori natijalarga erishishga va’da beramiz.

O’zA