OSIYO CHEMPIONATIDA O’ZBEKISTONNING TO’RT NAFAR SPORTCHISI YARIM FINALGA CHIQDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xitoyning Ulanchab shahrida boks bo’yicha xotin-qizlar o’rtasida o’tkazilayotgan Osiyo chempionatida O’zbekiston terma jamoasining bir yo’la to’rt nafar a’zosi yarim finalga chiqib, kamida bronza medallarini naqd qilib qo’ydi, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi matbuot xizmati.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, O’zbekiston ayollar boksi tarixida shu kunga qadar hyech bir sportchimiz Osiyo chempionatida sovrinli o’rinni qo’lga kiritmagan. Demak, Chin diyorida o’tayotgan navbatdagi Osiyo chempionati O’zbekiston tarixi sahifalariga zarhal harflar bilan bitiladi.
Umid qilamizki, sportchilarimiz ushbu natijalar bilan cheklanib qolmaydilar va navbatdagi janglarda ham zafarli odimlashda davom etadilar. Osiyo chempionati 13 avgustga qadar davom etadi.
12 avgust kuni o’tkaziladigan yarim final janglarida hamyurtlarimiz quyidagi raqiblariga qarshi ringga ko’tariladilar:
57 kg. Yodgoroy Mirzayeva - Ri Kvang Suk (KXDR)
69 kg. Shahnoza Nizomova - Vu Pey-I (X.Taypeyi)
81 kg. Dilnavoz Norxo’jayeva - Saviti (Hindiston)
Q81 kg. Go’zal Ismatova - Lazzat Kungeybayeva (Qozoғiston)
«Jahon» AA