“OSIYO O‘YINLARI – 2017”: MUVAFFAQIYATLI ODIMLAR DAVOM ETMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Turkmanistonda Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
Belbog‘li kurash bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda Sherzodjon Rahimov, Husniddin Ro‘ziyev, Shahzoda Ergasheva o‘z vazn toifalarida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Abdurasul Habibullayev, Elbek Sotvoldiyev, Eldor Ne’matov, Manzuroy Mo‘ydinova, Gulxumoroy Dadaboyeva, Dilafruz Mamajonova shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy egalladi.
Taekvondo bo‘yicha 73 kilogrammgacha bo‘lgan xotin-qizlar bahsida Svetlana Osipova iordaniyalik Kasem Vaad Tarman, hindistonlik Aishvarya Ravade, filippinlik Kristi Alorani mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Final uchrashuvida Svetlana Janubiy koreyalik Mina Myongga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan taqdirlandi. 53 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondochilar o‘rtasida Dinoraxon Mamadibragimova terma jamoamiz hisobiga bronza medal qo‘shdi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda Maldiv terma jamoasini 9:1 hisobida yengib, navbatdagi bosqichda Afg‘oniston terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi. Basketbol (3x3) bahslarida terma jamoamiz a’zolari Nepal vakillarini 18:16 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O’zA