Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

«OSOYISHTA VA RIVOJLANAYOTGAN O’ZBEKISTON DUNYONING KO’PLAB DAVLATLARI UCHUN NAMUNA BO’LA OLADI»

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
«OSOYISHTA VA RIVOJLANAYOTGAN O'ZBEKISTON DUNYONING KO'PLAB DAVLATLARI UCHUN NAMUNA BO'LA OLADI»

Mamlakatimizning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasida bo’lajak O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag’ishlangan brifing bo’lib o’tdi.

Tadbirda Islom Hamkorlik tashkiloti, Islom Taraqqiyot banki, Saudiya Arabistoni akademik doiralari, IHTga a’zo davlatlarning qator doimiy vakolatxonalari vakillari, Strategik va huquqiy tadqiqotlar bo’yicha Yaqin Sharq markazi rahbariyati hamda IINA xalqaro axborot agentligi va mahalliy nashrlar jurnalistlari qatnashdilar.

Ishtirokchilarga mamlakatimizda Prezident sayloviga tayyorgarlikning borishi, milliy saylov qonunchiligi, O’zbekistonning saylovlarni tashkil etish va uni o’tkazishda ochiqlik, xolislik va qonuniylikni ta’minlashda huquqni qo’llash amaliyoti hamda ularda siyosiy partiyalarning ishtiroki haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, O’zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK)ning saylov kampaniyasini milliy qonunchilikning asosiy prinsiplari va talablariga qat’iy rioya etgan holda o’tkazishda tutgan o’rni va uning vakolatlariga alohida ta’kidlandi. Prezident saylovi jarayonlarini kuzatish uchun O’zbekistonga xorijiy mutaxassislar va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi ijroiya qo’mitasi, Shanxay Hamkorlik tashiloti, Islom Hamkorlik tashiloti, Butunjahon saylov organlari uyushmasi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari taklif etilgani qayd etildi.

Brifing yakunida uning ishtirokchilari Prezident sayloviga tayyorgarlik borasida mamlakatimizda kechayotgan jarayonlarga o’z mulohazalarini bildirdilar.

Habib Kaabachi, IHTning Siyosiy masalalar bo’yicha departamenti direktori:

— Mamlakatingizda xalqaro andozalarga to’liq mos keladigan milliy saylov tizimi yaratilgan, ya’ni juda ko’plab davlatlardan farqli o’laroq, O’zbekistonda Markaziy saylov komissiyasi doimiy faoliyat yurituvchi konstitutsiyaviy organ hisoblanadi va u saylov jarayonlari tashkil etilishining demokratik prinsiplar asosida amalga oshirilishini kafolatlaydi.

Bo’lajak saylovga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha amalga oshirilgan keng-ko’lamli tadbirlar MSKning ushbu muhim siyosiy tadbirga naqadar jiddiy va mas’uliyat bilan yondashayotganining dalilidir. Bunday munosabat, birinchi galda, o’z xohish-irodasini erkin ifoda etishi kafolatlangan saylovchilarning manfaatlariga mos keladi.

Qayd etish joizki, saylovlar huquqiy davlat demokratik rivojlanishining ajralmas yo’ldoshi hisoblanadi. Binobarin, O’zbekistonda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida saylovlar demokratiyaviyligining beshta asosiy belgisi - umumiy va teng saylov huquqi, davriy va haqqoniy saylov prinsipi hamda yashirin ovoz berish kabi prinsiplarning barchasi mavjud.

Abdulmajid Abdulrauf, “ash-Sharq al-Avsat” gazetasi muharriri:

— 200 yildan ko’p vaqtdan buyon davom etib kelayotgan saylovlar amaliyotlari davrida xorijiy davlatlar tomonidan turli ko’rinishdagi (parlament, prezident, mahalliy) va darajadagi (umummilliy, mintaqaviy, munitsipal) saylovlar to’g’risida yuzlab qonunlar qabul qilingan. Shu vaqt davomida saylov huquqining kompleks sohasi shakllandi, saylov qonunchiligining to’liq tizimi yaratildi.

Men O’zbekistonda 2015-yilda bo’lib o’tgan Prezident saylovida xorijiy jurnalist sifatida qatnashib, yurtingizda saylovning ushbu yo’nalishda umumqabul qilingan xalqaro me’yorlarga to’la bos ravishda o’tganiga shaxsan guvoh bo’lganman. O’zbekistonda xalqaro andozalarga mos keladigan milliy saylov qonunchiligi yaratilgan. Aminmanki, bo’lajak Prezident saylovi ochiqlik va shaffoflik ruhida o’tadi.

Nagi Jabborov, IHTning Iqtisodiy masalalar bo’yicha departamenti xodimi:

— 2015-yil Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi bo’lib ishtirok etganimda O’zbekistonda saylov tizimi faoliyati va saylov jarayonlarining nechog’lik tartib bilan amalga oshirilishini ko’rib hayratga tushganman. Saylovchilar ovoz berishda faol ishtirok etishgan va o’z demokratik huquqlaridan samarali foydalanganlar.

Bugungi tadbir mamlakatingizda Prezident sayloviga tayyorgarlikning borishi bilan birga O’zbekistonning bugungi taraqqiyoti rivojlanishi va amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari bilan ham tanishish imkoniyatini berdi.

Hyech ikkilanmasdan aytishim mumkinki, tinch va ravnaq topayotgan O’zbekiston o’zining ko’p millionli va ko’pmillatli aholisi bilan dunyoning ko’plab davlatlari uchun namuna bo’la oladi.

Mamlakatingizning birinchi Prezidenti Islom Karimov bilimli va ilg’or, mustaqillik yillarida erishilgan keng ko’lamli muvaffaqiyatlardan faxrlanadigan, yuksak darajali vatanparvarlik va milliy g’urur sohibi bo’lgan jamiyatga ega kuchli huquqiy davlatga asos solganini alohida ta’kidlashni istardim.

O’zbekiston hukumati va xalqiga Prezident saylovini muvaffaqiyatli o’tkazib olishini tilayman.

«Jahon» AA, Jidda