Ovulda yangi madaniyat markazi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani Samanboy ovulida “Qutanko‘l” madaniyat va aholi dam olish markazi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari D.Mullajonov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida boy madaniy merosimizni o‘rganish va milliy qadriyatlarimizni tiklash, rivojlantirish, yoshlar qalbida ularga nisbatan hurmat tuyg‘usini shakllantirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotganini alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyundagi “2013-2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.
To‘rt yuz ellik million so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga “Qoraqalpoq issiqlik energo kommunal qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan barpo etilgan muassasaning foydalanishga topshirilishi, ayniqsa, yoshlarni behad quvontirdi.
– Markazning zamonaviy me’morlik andozalari asosida bunyod etilgani va zarur inventarlar bilan jihozlangani samarali faoliyat ko‘rsatishimizda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi “Qutanko‘l” madaniyat va aholi dam olish markazi direktori To‘liboy Jangaboyev. – Bu yerda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirish, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, amaliy va tasviriy san’at, raqs, sozandalik kabi to‘garaklarda o‘z iste’dodini sayqallashi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Tadbir doirasida yoshlar tomonidan yaratilgan hunarmandlik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Qanliko‘l va Amudaryo tumanlarida ham shunday madaniyat va aholi dam olish markazlari foydalanishga topshirildi.