Ozarbayjon madaniyat vaziri O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasiga tashrif buyurdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ozarbayjon madaniyat vaziri Abulfas Garayev amaliy tashrif bilan Ukrainada bo‘lgan chog‘ida mamlakatimizning Kiyevdagi diplomatik vakolatxonasiga bordi.
Uchrashuv davomida Ozarbayjon hukumati a’zosi shunday dedi:
— Xalqlarimiz o‘rtasidagi qadimiy do‘stlik rishtalari, an’analar va madaniyat o‘xshashligi o‘zaro hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratmoqda.
O‘zbek va ozarbayjon xalqining adabiy merosi, madaniyat va san’ati ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin. Ozarbayjonda Alisher Navoiy yoki Boburning, O‘zbekistonda esa Nizomiy yoki Fizuliyning asarlarini o‘qimagan odamni topish amri mahol.
Shu o‘rinda ta’kidlashni istardimki, elchixona muzeyi o‘zining katta bo‘lmagan ekspozitsiyasi orqali mamlakat madaniyati va tarixini hikoya qiluvchi O‘zbekiston ustalari tomonidan yaratilgan xalq san’ati go‘zalligi va rang-barangligini yorqin namoyish etmoqda.
Ozarbayjon madaniyat vaziri Abulfas Garayevga sovg‘a sifatida Alisher Navoiyning uch tildagi “Farhod va Shirin” kitobi taqdim etildi.
“Dunyo”