OZARBAYJON OAV “SHARQ TARONALARI” X XALQARO FESTIVALI HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Sharq taronalari” X xalqaro festivali joriy yilning avgust oyida Samarqand shahrida bo’lib o’tadigan Ozarbayjon OAV tomonidan faol yoritilmoqda. “Etnoglobus”, “Trend”, “Turkish forum”, “Gumilev- center” va “Day.az” singari axborot portallari o’z sahifalarida mazkur tanlovga bag’ishlangan qator maqolalar e’lon qildilar.
“Trend” axborot portali sahifalarida chop etlgan maqolada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil qilingan mazkur xalqaro festival san’at va madaniyatni rivojlantirish bilan birga san’at orqali millatlar va xalqlarni jipslashtirishga hamda ular orasidagi do’stlik va tinchlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlab o’tilgan. Tanlov nufuzi va ko’tarinki ruhi ishtirokchilar san’atiga san’at qo’shadi, deb yoziladi maqolada.
“O’zbek ohanglari inson ruhiyati go’zalligi va musaffoligini aks ettiradi. Betakror shox qo’shiq va musiqalar jahon san’atida o’ziga xo’s o’ringa ega. Tinchlik, do’stlik va ahillikka chairuvchi mazkur festival xalqlar musiqiy merosini ommalashishiga va rivojlanishiga xizmat qiladi. Yildan yilga festival nufuzi va ishtirokchilari soni ortib bormoqda”, - deb yozadi “Etnoglobus” axborot agentligi.
O’zbek shaharlari singari o’tmish va hozirni o’zida mujassam etgan afsonaviy shaharlar dunyoda kam uchraydi. “Samarqanddagi Registon maydoni va madrasalar peshtoqidagi yozuvlar butun bir sirli dunyoni ifodalaydi”, - deya xulosa qilinadi “Turkish Forum” portalida e’lon qilingan maqolada.
“Jahon” AA, Baku