OZARBAYJON TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yilning 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Elmar Mamedyarov bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollarini muhokama qildilar hamda ba’zi xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
Muloqot davomida IHT vazirlar uchrashuvining kun tartibi hamda mazkur tashkilotda O‘zbekistonning rasiligi doirasida boshqa tadbirlarni o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda Ozarbayjon Elchisi Guseyn Guliyev ishtirok etdi.