Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OZARBAYJONDAN QUTLOVLAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OZARBAYJONDAN QUTLOVLAR

Mamlakatimiz Mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan dunyoning turli burchaklaridan O’zbekiston xalqi nomiga yo’llangan tabriklarning kelishi davom etmoqda. Quyida Ozarbayjon ommaviy axborot vositalari vakillarining samimiy qutlovlari o’z ifodasini topgan.

Ilg’or Valizoda, “Yangiliklar” xalqaro matbuot markazining direktori, Siyosatshunoslar klubi rahbari:

“Ushbu fursatdan foydalanib, O’zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabriklayman.

O’zbekiston 24 yil davomida davlat va jamiyatni, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini rivojlantirish borasida katta muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. Aholining turmush kechirish darajasini yuksaltirishga, xavfsizlikning asosiy kafolatlarini ta’minlash va izchil rivojlanishga imkon bergan keng qamrovli islohotlar hayotga tadbiq etishga muvaffaq bo’ldi.

Bugungi O’zbekiston Markaziy Osiyodagi izchil rivojlanib borayotgan, o’z kelajagini ishonch bilan qurayotgan davlatdir. Qutlug’ bayram arafasida O’zbekistonning barcha aholisiga muvaffaqiyatlar va farovonlik tilayman”.

Gulnara Inanch, “Etnoglobus” xalqaro axborot-tahlil markazining direktori:

“Hademay O’zbekiston o’z davlat Mustaqilligining 24 yillik bayramini nishonlaydi. Oradan juda qisqa davr o’tgan bo’lsa-da, O’zbekiston erishgan muvaffaqiyatlar kishida katta taassurot qoldiradi. Birinchi navbatda, aniq maqsadga yo’naltirilgan holda mamlakatda ijtimoiy sohada hayotga tadbiq etilgan dasturlar muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd qilishni istar edim. Ular O’zbekistonning yanada gullab-yashnashi yo’lida muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi.

Yoshlar bilan faol ish olib borish, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan turli dasturlar ham yuqori bahoga va hurmat-e’tiborga loyiqdir. Bularning barchasi kelajakda yanada muvaffaqiyatli rivojlanishga ishonch bag’ishlaydi.

Ma’lumki, davlatning kuchi uning siyosiy, iqtisodiy barqarorligida, millatlararo hamjihatlikda hamda fuqarolar farovonligidadir. O’zbekistonda bularning hammasi bor. Bundan tashqari, tinchliksevar tashqi siyosati tufayli respublika mustaqillik yillari davomida xalqaro maydonda o’zining munosib o’rnini egalladi, obro’-e’tibor qozondi. Shu bois mamlakatingiz bugungi kunda o’zining boy tarixi, iqtisodiy va intellektual salohiyatiga tayangan holda mustaqil rivojlanish va taraqqiyot yo’lidan ishonch bilan oldinga qarab harakatlanmoqda”.

Shamil Alibeyli, “Report” axborot portalining siyosiy sharhlovchisi:

“Qardosh o’zbek xalqini kirib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan chin dildan muborakbod etar ekanman, bizda umumiy mushtarakliklar, ya’ni tarixiy ildizlardan tortib madaniyat va an’analar bir xilligi, zamonaviy mintaqaviy tamoyillar, hamkorlikdagi qo’shma loyihalar ko’p ekanligini aytishni istar edim.

Shunisi quvonarliki, O’zbekiston suveren rivojlanish yillari mobaynida MDH hududidagi iqtisodiyoti shitob bilan rivojlanayotgan va yetakchi sanoatlashgan mamlakatga aylandi. Bugungi kunda respublikada yuqori sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqdaki, ular jahon bozorida o’z iste’molchilarini topdi.

Islohotlar va o’zgarishlar yo’lida mamlakatingizga yanada katta muvaffaqiyatlar, qardosh O’zbekiston xalqiga qutlug’ zamindagi tinch va farovon turmushi bardavom bo’lishini tilayman.

“Jahon” AA, Boku