Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI – MUHIM VAZIFA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI – MUHIM VAZIFA

O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Shveytsariyaning "Vionovatic" kompaniyasi bilan hamkorlikda "Biologiyalashgan qishloq xo‘jaligi va uning organik dehqonchilikdagi o‘rni" mavzusida seminar o‘tkazdi.

O‘zbekistonda shakllangan sabzavotchilik va bog‘dorchilik madaniyati azaldan mahalliy o‘g‘itlardan foydalanishni ko‘zda tutadigan biologik dehqonchilik prinsiplariga asoslangan. Bu geni modifikatsiya qilinmagan, ekologik toza meva va sabzavotlar yetishtirish imkonini bermoqda.

Amalga oshirilayotgan islohotlar qishloq xo‘jaligini tubdan diversifikatsiya qilish va aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlash, shuningdek, yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarning xalqaro bozordagi yuksak raqobatbardoshligiga xizmat qilayotir.

Ma’lumki, organik qishloq xo‘jaligi – atrof-muhitga zarar keltiradigan kimyoviy vositalardan foydalanmasdan biologik xilma-xillikni asraydigan, ekotizimni yaxshilaydigan, tuproq unumdorligini oshiradigan, insonlar salomatligini muhofaza qiladigan ishlab chiqarish tizimi hisoblanadi. Ayni vaqtda rivojlangan mamlakatlarda import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga organik tizimlarga muvofiq sertifikatlar talab etilmoqda. Bu esa yurtimizda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan qishloq xo‘jalik ekinlarining turli kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashishning biologik usullarini rivojlantirishni talab etmoqda.

– Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashda ekologik sof usullardan foydalanish, biologik mahsulotlar ishlab chiqarish va qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda yetakchi hisoblanadi, – deydi “Biosifat” markaziy laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi Zuhra Saidova. – Yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarning 90 foizdan ortig‘i biologik usul yordamida parvarishlangani bois jahon bozorida, xususan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yevropa mamlakatlarida ularga talab ortib bormoqda.

– Zamonaviy agrosanoat majmuining asosiy vazifasi mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdan iborat, – deydi "Vionovatic" kompaniyasining Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Rustam Ramazonov. – Biroq bu yo‘nalishdagi taraqqiyot aksariyat hollarda mavjud ekotizimning buzilishiga olib kelmoqda. Shu bois keyingi yillarda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida organik dehqonchilik usuli rivojlanmoqda. Bunda kimyoviy vositalardan voz kechilib, biologik usulning afzalligi ilgari suriladi. Kompaniyamiz ham yangi biologik usullarni ishlab chiqish va tatbiq etish bilan shug‘ullanmoqda. Biolaboratoriyamizda 32 turdagi foydali hasharotlar ishlab chiqariladi, bioo‘g‘itlarning 16 turi tayyorlanadi.

Seminarda O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligining amaldagi holati va istiqbollari, texnik va iqtisodiy asoslari, organik mahsulotlar yetishtirish, o‘simliklarni oziqlantirish va himoya qilishning biologik usullari, organik qishloq xo‘jaligi tamoyillari va usullari haqida ma’ruzalar tinglandi. "Vionovatic" kompaniyasi biologik preparatlar ishlab chiqarish borasida taqdimot o‘tkazdi.

O’zA