Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING MUHIM OMILI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING MUHIM OMILI

Ma’lumki, O’zbekiston dunyoda eng mazali va foydali meva-sabzavotlar yetishtirish borasida ulkan salohiyat hamda imkoniyatga ega mamlakat hisoblanadi. Binobarin, yurtimizning noyob tuproq-iqlim sharoiti, respublikamizda quyoshli kunlar bir yilda o’rtacha 320 kun bo’lishi, to’rt faslning izchil almashinuvi keng turdagi yuqori sifatli meva-sabzavotlarni yetishtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida parlament yuqori palatasining Agrar, suv xo’jaligi masalalari va ekologiya qo’mitasi tomonidan tashkil etilgan “Bog’dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan xo’jaliklarga xizmatlar ko’rsatish samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzuidagi davra suhbatida aynan mana shunday imkoniyatlardan samarali foydalanish omillari muhokama qilindi.

Parlament a’zolari, vazirlik va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari mas’ul xodimlari, bog’dorchilik, uzumchilik hamda sabzavotchilik xo’jaliklari rahbarlari, professor-o’qituvchilar, olimlar, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan tadbirda O’zbekistonda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, iste’molchilarning talabini to’liq qondirish, shuningdek, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining eksport hajmini oshirish masalalariga alohida e’tibor berilayotgani ta’kidlandi. Sohaning huquqiy asosi, ayniqsa, Yer kodeksi, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi, “Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi qonunlar hamda bir qator qonunosti me’yoriy-huquqiy hujjatlari bu borada hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotir.

Davra suhbatida aytib o’tilganidek, yurtimizda olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida qishloq xo’jaligining meva-sabzavotchilik, bog’dorchilik, uzumchilik va chorvachilik kabi tarmoqlari ham jadal sur’atlarda rivojlanayapti.

Bunda oziq-ovqat mahsulotlarini ko’paytirish maqsadida oxirgi yillarda sabzavotlar, kartoshka, poliz ekinlarining yuqori sifatli, kasallikka chidamli hamda serhosil urug’larini joriy etish choralari ko’rilgani, intensiv bog’lar va uzumzorlar yaratilgani hamda bog’ va tokzorlarda fanning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvini chuqurlashtirishga doir aniq maqsadli ishlar ham olib borilgani muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va infratuzilmani rivojlantirish, hosilni saqlash, ichki iste’mol bozorini boyitish, aholini, eng avvalo, qish-bahor faslida meva-sabzavot mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda uning eksport qilinishini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada birgina o’tgan yilning o’zida 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva yetishtirildi.

O’z navbatida, qishloq xo’jaligi xom ashyosini chuqur qayta ishlash, yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash infratuzilmasini rivojlantirish doimiy e’tibordadir. Misol uchun, o’tgan yili qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 ta korxona, 77 ming 800 tonna sig’imga ega bo’lgan 114 ta yangi sovitish kamerasi tashkil etildi va modernizatsiya qilindi. Mamlakatimizda meva-sabzavotlarni saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga yetkazildi. Bu esa, yil davomida narxlarning mavsumiy keskin oshib ketishiga yo’l qo’ymasdan, aholini asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ushbu mahsulotlarning eksportini kengaytirish, narx-navo -barqarorligini saqlash imkonini bermoqda.

— Yurtimizda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini isloh qilishning asosiy negizini keng ko’lamli tashkiliy-huquqiy, institutsional o’zgarishlar tashkil etdi, — dedi Oliy Majlis Senati Agrar, suv xo’jaligi masalalari va ekologiya qo’mitasi raisining o’rinbosari B. Tajiyev. — Bu islohotlar mamlakatimizda oziq-ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta’minlash imkonini berdi. Shu bilan birga, bugungi globallashuv sharoitida respublikamizning ushbu yo’nalishdagi imkoniyatlaridan yanada unumli foydalanish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini izchil oshirib borish kun tartibiga qo’yilmoqda. Binobarin, davlatimiz rahbarining mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida alohida qayd etilganidek, zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini hamda meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo’lgan tayyor, ekologik toza to’qimachilik hamda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030 yilda 5,6 marta, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi. Tabiiyki, ushbu maqsadlarga erishish mamlakatimiz agrar soha vakillari, ilmiy doiralari, shuningdek, parlament a’zolari oldiga dolzarb vazifalarni qo’yadi. Fermer xo’jaliklari, agrosanoat korxonalari faoliyatini qo’llab-quvvatlash va ularni rag’batlantirish maqsadida tegishli huquqiy asoslarni takomillashtirish, amaldagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish ayni muddaodir.

Davra suhbatida bog’dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilikni yanada rivojlantirish, sohadagi shartnomaviy munosabatlarning monitoringini olib borish, fan hamda ishlab chiqarish hamkorligini -chuqurlashtirish, tarmoqning eksport salohiyatidan samarali foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

O’zA