Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

OZOD MAMLAKATNING BAXTIYOR FARZANDLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
OZOD MAMLAKATNING BAXTIYOR FARZANDLARI

Poytaxtimizda Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlab “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida “Istiqlol farzandlari” yoshlar festivali o‘tkazilmoqda.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan festivalda o‘z aql-zakovati, g‘ayrat-shijoatiga suyanib, yuksak marralarni egallayotgan Vatanimizning iqtidorli yoshlari ishtirok etmoqda.

Festival ishtirokchilari mamlakatimizning bosh maydonida bo‘lib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

– Boshqa tengdoshlarim qatori ushbu muhtasham maydonda turganimdan faxrlanaman, – deydi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, taekvondoning ITF yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimiz va jahon chempioni Dilbar Xoljigitova. – Mustaqillik monumenti, Baxtiyor ona haykali, Ezgulik arkasi – barchasi yaxlit ansambl. Ularni ko‘rgan har bir yosh el-yurtimiz sha’n-shavkatini chuqur his qilib, milliy davlatchiligimiz timsollarida aks etgan teran ma’nolarni anglab, cheksiz g‘urur-iftixorni tuyadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda mamlakatimizda yangi qabul qilingan qonunlar, ularning mazmun-mohiyati, qonunlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida so‘z yuritildi. Yoshlar qonunchilikka doir o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi. Qabul qilinishi ko‘zda tutilayotgan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga fikr-mulohazalar bildirildi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida bo‘ldi. Sudya va ekspertlar bilan bo‘lgan uchrashuvda yoshlar Konstitutsiyaviy sudning tashkil etilishi, vakolatlari, faoliyati samaralari va xalqaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi bilim va tushunchalarini yanada boyitdi.

– Mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuqlarimiz – xalqimiz farovonligi, iqtisodiyotimiz barqarorligi, hech mubolag‘asiz, Bosh qomusimiz va uning asosida qabul qilingan qonunlarga og‘ishmay amal qilinishi natijasidir, – deydi “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasi g‘olibi qashqadaryolik Jahongir Po‘latov. – Bugungi uchrashuvda shular xususida mutaxassislar bilan suhbatlashdik.

Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilgan “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati” mavzuidagi amaliy seminarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi B.G‘aniyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar, demokratik o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirish, qalbida yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish, ma’naviyatini boyitishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Amalga oshirilayotgan beqiyos islohotlar natijasida eskicha qolip va andozalardan mutlaqo xoli, erkin fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarni puxta egallagan, o‘z yurti, xalqiga fidoyi farzandlar voyaga yetmoqda.

Qoraqalpog‘istonlik Indira Ermakova ana shunday iqtidorli yoshlardan. U Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida tahsil oladi. “Kamolot” stipendiyasi sohibasi.

Indira ishlab chiqqan shahar tomorqalarida kartoshka tuganaklarini yetishtirish bo‘yicha yangi texnologiya ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan.

– Mehnatlarim e’tirof etilib, Vatanimizning iste’dodli yoshlari safida ushbu festivalda ishtirok etayotganimdan baxtiyorman, – deydi I.Ermakova. – Bundan keyin ham Prezidentimiz, xalqimizning yuksak e’tibor va ishonchiga munosib bo‘lishga intilaman.

“Istiqlol farzandlari” yoshlar festivali davom etmoqda.

O’zA