OZOD YURTGA BAYRAMLAR YARASHAR
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 24-yilligiga bag‘ishlab “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi o‘rinbosari T.Teshaboyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Mamlakatimizda aholini kuchli ijtimoiy muhofaza qilish, yoshi ulug‘ insonlarni e’zozlash, salomatligini asrash, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotir. Xususan, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan «Kasaba uyushmalari – bolalarga», «Kasaba uyushmalari – faxriylarga» kabi ko‘plab xayriya aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2015-yil 17-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori va «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturi doirasida bu boradagi ezgu ishlar ko‘lami kengaydi. Jumladan, Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan poytaxtimizdagi yolg‘iz va ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar yashayotgan oilalar holidan xabar olinib, ularga maishiy elektr jihozlari sovg‘a qilindi.
Tadbirda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari oilalariga moddiy yordam ko‘rsatildi.
– Mustaqillik biz yoshlarga ulkan imkoniyatlarni hadya etdi, – deydi Toshkent Axborot texnologiyalari universititeti talabasi Alisher Ibrohimov. – Kam ta’minlangan va iqtidorli 41 nafar tengdoshimga federatsiyaning maxsus stipendiyalari topshirildi.
Tadbirda san’atkorlar ishtirokida konsert namoyish etildi.
O‘zA