“PARIJ 1” UNIVERSITETI PROFESSORI: “FRANSIYA O’ZBEKISTON BILAN HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH BORASIDA SHAHDAM QADAMLAR TASHLASHI LOZIM”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Panteon-Sorbonne - Parij 1” Universitetida Fransiya va O’zbekiston o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik istiqbollariga bag’ishlangan magistrlik konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Senatorlar, iqtisodiyot va moliya vazirliklari, Fransiyaning ekspert hamda diplomatiya doiralari vakillari, professorlar, Parijdagi qator univetsitet va oliy ta’lim maktablari talabalari ishtirok etgan mazkur tadbirda Fransiya va O’zbekiston o’rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda sarmoyaviy aloqalarning bugungi holati, shuningdek, ularni kengaytirish imkoniyatlari, bu sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Fransiya Senati huzuridagi “Fransiya-Markaziy Osiyo” Parlamentlararo do’stlik guruhi raisi Iv Potsso di Borgo ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo hududi Buyuk ipak yo’li davrlaridan buyon Sharq va G’arbni birlashtirib turgan bo’lib, muhim madaniy va savdo markazi hisoblangandir.
— Ta’kidlash joizki, O’zbekistonning jahon bozoridagi nufuzi tobora otrib borayotir, - dedi u. - Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlari O’zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish tarafdoridir. Umid qilamanki, o’tkazilgan konferensiya va fikrlar almashuvi ishtirokchilarga dunyoning strategik jihatdan muhim hududida joylashgan mazkur respublikaning zamonaviy taraqqiyoti haqida batafsil ma’lumot olish imkonini berdi.
“Business France” agentligining Markaziy Osiyo bo’yicha vakili Fransua Mark O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy muvaffaqiyatlarini yuqori baholagan holda, o’zaro hamkorlikni yuritishda ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladi.
— O’zbekiston turli va jadal rivojlanayotgan sanoati bilan hududdagi boshqa davlatlar orasida yetakchi o’rinni egallaydi. Ishlab chiqarish hajmining o’sishi esa, kichik va o’rta biznesning iqtisodiyotdagi ulushini ko’paytirish orqali erishilayotir, - dedi u. - O’zbekistonning noyob iqtisodiy taraqqiyot modeli va inqirozga qarshi kurashish bo’yicha o’z vaqtida amalga oshirgan chora-tadbirlari jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan muammolarning respublikaga salbiy ta’sir ko’rsatishini kamaytirishga xizmat qildi. O’zbekiston boy hom-ashyo zamini va yuqori malakali kadrlarga ega ekanligidan tashqari, o’zining siyosiy hamda makroiqtisodiy barqarorligi bilan ham ta’riflanadi.
Konferensiya chog’ida mamlakatimizning iqtisodiy, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati xususida taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Unda respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, qulay ishbilarmonlik muhiti, iqtisodiyotni yanada liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, sanoatni modernizatsiyalashtirish va texnologiya bilan qayta jihozlash, xususiylashtirish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish bo’yicha olib borilgan keng ko’lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Unda ta’kidlanganidek, amalga oshirilgan ishlar natijasi jahonning yetakchi tashkilotlari reytingida o’z ifodasini bermoqda. Bu borada, Butunjahon bankining “Biznesni yuritish” tadqiqoti natijalari misol tariqasida keltirildi. Unga ko’ra, respublikamiz qisqa vaqt davomida o’z reytingini 70 ta o’ringa yaxshiladi. Shuningdek, O’zbekiston jahonda iqtisodiyoti eng jadal rivojlanayotgan mamlakatlar beshtaligidan o’rin olgan.
“Panteon-Sorbonne - Parij 1” Universiteti professori Jan-Luk Le Bido ham “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida o’z fikrlarini izhor etdi.
— Mamlakatingiz jahon hamjamiyatida juda ham muhim o’rin egallaydi. O’zbekiston nafaqat ulkan tabiiy boyliklar, balki intellektual, iqtisodiy, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatga ham egadir.
Bir necha yillar avval ajoyib mamlakatingizga borib, Buyuk ipak yo’lining haqiqiy durdonasi hisoblangan Samarqand, Buxoro va Xiva singari ko’hna shaharlarni o’z ko’zlarim bilan ko’rish imkoniyatiga ega bo’lgan edim.
Fransiya Markaziy Osiyoning muhim davlati bo’lgan O’zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish borasida keskin qadamlar tashlashi lozim, deb o’ylayman.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston va Fransiya o’rtasida ta’lim sohasidagi o’zaro aloqalarni mustahkamlash borasida “Panteon-Sorbonne - Parij 1” Universiteti har tomonlama amaliy yordam berishga tayyordir.
“Jahon” AA, Parij