PARLAMENT NAZORATI TAKOMILLASHMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Istiqlol yillarida parlamentning qonunlar ijrosi ustidan nazoratni olib borish va qonunosti hujjatlari qabul qilinishini monitoring qilish amaliyotini takomillashtirish masalalari” mavzuida seminar tashkil etildi.
Quyi palataning Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi hamda Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda senatorlar, deputatlar, turli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida hokimiyatlar bo‘linishi tamoyilini hayotga tatbiq etish, parlamentning davlat hokimiyati tizimidagi rolini oshirish, qonun chiqaruvchi hokimiyatning nazorat funksiyalarini kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 12 aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonuni bu borada muhim huquqiy asos bo‘ldi. Unda parlament nazoratining ob’ektlari aniq belgilangan. Ya’ni parlament davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning mansabdor shaxslarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Davlat dasturlari ijro etilishi, shuningdek, o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan nazorat qiladi.
Konstitutsiyamizda belgilangan hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi asosida parlamentning rolini oshirish va faoliyatini takomillashtirish, qonunchilik hamda hokimiyat vakillik organlarining markaz va joylardagi vakolatlari va nazorat vazifalarini kuchaytirishga qaratilgan demokratik o‘zgarishlar hayotga tatbiq etilmoqda.
Yig‘ilishda ishtirokchilar parlament nazoratiga oid qonunchilikni, bu sohadagi huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirishga doir taklif-mulohazalar bildirdi.
O’zA