Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PARLAMENT YANGILIKLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PARLAMENT YANGILIKLARI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan joylarda Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv va amaliy muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyatida Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25-yilligi: iqtisodiy mustaqillik – kuchli mustaqil davlatning muhim ko‘rsatkichi” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda istiqlol yillarida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati tobora ortib borayotgani ta’kidlandi. Yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati oxirgi 11-yil davomida jahondagi sanoqli davlatlar qatorida 8 foizdan yuqori bo‘lib kelayotgani buning yaqqol isbоtidir. Bu aholining hayot darajasi va sifati yuksalishiga zamin yaratayotir.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish zarurligiga e’tibor qaratdi. Davra suhbatida shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalari tahlil etildi. Bu borada qabul qilingan qonunlarni hayotga tatbiq etish mexanizmlarini mustahkamlash yuzasidan mulohazalar bildirildi.

* * *

Poytaxtimizda “O‘zbekistonda mustaqillik yillarida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga oid huquqiy asoslarning rivojlanishi” mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi. Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan tadbir Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil va bosqichma-bosqich islohotlar yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligini ta’minlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Mamlakatimiz mudofaa tizimidagi amalga oshirilgan ishlar fuqarolarimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiya shakllanishiga zamin yaratdi.

Seminarda O‘zbekistonning mustaqillikni qo‘lga kiritishi va uning ahamiyati, mamlakatimiz milliy istiqlol va taraqqiyot yo‘lining mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari hamda asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

* * *

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. Jumladan, deputatlar «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokama qildi.

Tadbirda mamlakatimizda boshqa sohalar qatori davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalari keng tatbiq etilayotgani ta’kidlandi. “Elektron hukumat”ni jadal rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotir.

Loyihada prokuratura organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida qonunchilikka tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga alohida hollarda prokuratura organlari xizmatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oliy ma’lumotga ega mutaxassislar qabul qilinishi mumkinligi haqidagi va boshqa masalalar huquqiy jihatdan mustahkamlanmoqda.

Deputatlar e’tiboriga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi taqdim etildi va qonun qabul qilindi.

O‘tkazilgan tahlillar o‘ta muhim va toifalangan obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashdagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarining mavjud emasligi ushbu sohada qonunbuzilishi holatlarining oldini olish va profilaktika qilishga salbiy ta’sir qilayotganini ko‘rsatdi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘ta muhim va toifalangan obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlash majburiyatini bajarmaganlik va kirish-chiqish rejimini buzganlik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi hamda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘ta muhim va toifalangan obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlash majburiyatini bajarmaganlik uchun, basharti, shunday harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikni ko‘zda tutuvchi moddalar bilan to‘ldirilmoqda.

Bu o‘zgartish va qo‘shimchalar qonunchilikdagi bo‘shliqni bartaraf etish hamda o‘ta muhim va toifalangan obyektlarning ishonchli qo‘riqlanishini ta’minlash majburiyatini bajarmaganlik, shuningdek, kirish-chiqish rejimini buzganlik uchun aniq javobgarlik chorasini o‘rnatishga olib keladi.

Deputatlar amaldagi qonunchilikda mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va ayrim qonunchilik hujjatlaridagi normalarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash maqsadida Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi hamda “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ham muhokama qildi. Kiritilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Jinoyat protsessual kodeksining ayrim normalarida mavjud tafovut va nomutanosibliklarni bartaraf etish maqsadida mazkur kodeksdan surishtiruvchining ehtiyot chorasi tanlash vakolatiga doir normani chiqarib tashlash taklif qilinmoqda.

“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasini “yoki uy qamog‘i” degan so‘zlar bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda. Dastlabki tergovda uy qamog‘i ehtiyot chorasini qo‘llash qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud bo‘lganda shaxs yoshi, sog‘lig‘i, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qo‘llanilishi mumkin. Bu gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchini jamiyatdan to‘liq yoxud qisman ajratib qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli advokatga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi belgilangan tartibda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llanilishi mumkin. Bu norma advokatlarga daxlsizlik huquqining to‘liq tatbiq etilishiga imkoniyat yaratadi.

O’zA