Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PARLAMENT YANGILIKLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PARLAMENT YANGILIKLARI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar bir qator qonun loyihalarini muhokama qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 20-moddasiga qo‘shimcha va “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 29-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qonunchilikka muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manba hisoblanadi. Yuqorida nomi zikr etilgan qonun loyihasi bilan qonun hujjatlari ma’lumotlar milliy bazasi – www.lex.uz saytini ham rasmiy manba sifatida belgilash nazarda tutilmoqda.

Bu kelgusida foydalanuvchilarga normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida va to‘liq yetkazishga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tezkor o‘zlashtirishga qo‘shimcha shart-sharoit yaratadi.

“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur loyiha bilan arxiv xizmatlariga oid faoliyat takomillashtirilmoqda. Kodeksga kiritilayotgan qo‘shimchalar fuqarolarga, mansabdor shaxs va xizmatchilarga arxiv hujjatlarini topshirish va saqlash, arxiv xizmatlari ko‘rsatish va arxiv hujjatlaridan foydalanishning belgilangan tartibini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutadi. Ushbu toifadagi ishlarni sudlar tomonidan ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

Bu kelgusida fuqarolarning huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi. Taklif etilayotgan qo‘shimchalar korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxslari va xizmatchilari, shuningdek, tegishli fuqarolar tomonidan arxiv hujjatlarini saqlash, arxiv xizmatlari ko‘rsatish, arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini buzish holatlarining oldini oladi.

Yig‘ilishda bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Unda yo‘l harakati ishtirokchilarining ayrim xatti-harakatlariga nisbatan tegishli javobgarlik choralari nazarda tutilgan. Jumladan, motoshlemlardan foydalanish qoidalariga amal qilinmaganda, nur qaytargichli maxsus jilet bilan ta’minlanmagan transport vositasini boshqarganda, yo‘lning qatnov qismida, shuningdek, piyodalar o‘tish joylarida harakatlanayotgan piyodalar tomonidan telefondan foydalanilganda, tele-videomahsulotlarni ko‘rish, radio, audiomahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot o‘qish uchun xizmat qiladigan vositalar hamda e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanilganda, harakatlanayotgan vaqtda avtomobil salonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqargan hollarda ularga nisbatan tegishli ma’muriy javobgarlik choralari o‘rnatilishi nazarda tutilgan.

Qonunning qabul qilinishi yo‘l harakati ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish bilan birga yo‘l harakati hodisalari sodir etilishi kamayishiga hamda ularning oldini olishga xizmat qiladi.

* * *

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari yakunlari muhokama etildi.

Uchrashuvlarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish hamda siyosiy partiyalar mahalliy organlarining vakillari ishtirok etgani qayd etildi.

Mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik ta’minlanayotgani aholining hayot darajasi va sifatini izchil oshirishga zamin yaratmoqda.

Yig‘ilishda uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish asosida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli mansabdor shaxslariga belgilangan tartibda deputatlik va parlament so‘rovlarini yuborish, parlament eshituvlarining mavzularini shakllantirishga kelishib olindi.

* * *

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan Sirdaryo viloyatida “Mustaqillik yillarida xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesning rivojlanishi hamda istiqboldagi vazifalar” mavzuida tadbir o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, iqtisodiyot sohasida qabul qilingan 500 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlarining asosiy qismi tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu hujjatlar asosida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralarining noqonuniy qarorlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan qilingan harakat yoki harakatsizlik oqibatida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararni, olinmagan daromadni to‘liq hajmda qoplash mexanizmi qonuniy asosda joriy etildi.

Yig‘ilishda amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq yechimini kutayotgan masalalarga e’tibor qaratildi.

O’zA