PARTIYA FAOLLARI MEHRIBONLIK UYIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi “Yoshlar qanoti” vakillari, partiya faollari, tuman Kengashi deputatlari Bo‘ka tumanidagi 15-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun barcha sharoitni yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunlari, Birinchi Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.
– Tadbir doirasida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olish, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ota-ona, oila muhitidan uzoq murg‘ak qalblarga yanada yaqin bo‘lish, ularning qiziqishlarini o‘rganish va rag‘batlantirishni maqsad qilganmiz, – deydi partiya viloyat kengashi yetakchi mutaxassisi Aziz Sattorov. – Qiziqarli savol-javoblar, taniqli san’atkorlar va yosh xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bolalarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir yakunida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga partiya viloyat kengashi va homiylarning sovg‘alari topshirildi.
O’zA