PARTIYA QURULTOYIGA QORAQALPOG‘ISTONDAN DELEGATLAR SAYLANDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Nukusda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi a’zolari, mahalliy Kengashlar deputatlari va partiya faollari ishtirok etgan anjumanda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishtiroki, saylov kampaniyasi tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish va partiya qurultoyiga delegatlar saylash masalalari ko‘rib chiqildi.
– Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda partiyamiz a’zolari ham faol ishtirok etmoqda, – deydi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi matbuot xizmati kotibi Sharipa To‘reshova. – Ayni paytda hududda partiyaning 9 mingga yaqin a’zosi turli jabhalarda mehnat qilmoqda.
Konferensiyada partiyaning tuman va shahar kengashlarida o‘tkazilgan plenumlar yakunlari tahlil qilindi. Elektorat manfaatlaridan kelib chiqib, saylov jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, saylovda ilk bor ishtirok etadigan yoshlar o‘rtasida saylov qonunchiligi yuzasidan targ‘ibоt tadbirlari olib borish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining navbatdagi qurultoyiga delegatlar saylandi.
O‘zA