PARTIYA QURULTOYIGA SAMARQAND VILOYATIDAN DELEGATLAR SAYLANDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Samarqandda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Partiya faollari, mahalliy kengashlar deputatlari, “Yoshlar qanoti”, “Ayollar qanoti” yetakchilari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Samarqand viloyati hududiy bo‘limi xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda joriy yilning 4-dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik, partiya markaziy kengashining navbatdagi syezdiga delegatlar saylash masalalari muhokama etildi.
– Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha partiyamiz viloyat kengashi hamda shahar, tuman tashkilotlari tomonidan faol ish olib borilmoqda, – deydi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasi devoni rahbari O.Xoliqulov. – Chunki saylovning demokratik tamoyillar asosida o‘tishi ko‘p jihatdan unda ishtirok etadigan siyosiy partiyalar faolligiga bog‘liq. Shu bois bugun elektoratimizning siyosiy va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, ularda islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash muhim vazifalar sirasiga kiradi.
Konferensiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Partiyaning navbatdagi qurultoyiga delegatlar saylandi.
O‘zA