Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PARTIYA SAYLOVGA HOZIRLIK KO‘RMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PARTIYA SAYLOVGA HOZIRLIK KO‘RMOQDA

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashining XI konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizda xalqaro demokratik mezonlarga to‘la javob beradigan milliy saylov tizimi yaratilib, fuqarolarning saylash va saylanish huquqi qonun bilan kafolatlangani, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar siyosiy partiyalarning nufuzini mustahkamlash, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yanada oshirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlari, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda joriy yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik hamda navbatdagi qurultoyga delegatlar saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

Partiya Toshkent shahar kengashining qariyb 2 ming boshlang‘ich tashkiloti o‘z atrofida 47 ming 858 nafar a’zoni birlashtirgan. Ular xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi vakillik organlari orqali davlat boshqaruvi hamda jamiyat hayoti, keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirok etmoqda. Partiya elektorati – tadbirkor va fermerlar yurtimizning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida o‘zining munosib o‘rniga ega.

– Partiyamiz a’zolari poytaxtimizdagi ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etmoqda, – deydi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining Toshkent shahar kengashi raisi T.Nazarov. – Bo‘lajak saylov va unga tayyorgarlik davrida partiya g‘oyalarini saylovchilar orasida keng targ‘ib etish, bu borada saylov qonunchiligida belgilangan imkoniyatlardan foydalanishga alohida e’tibor berilayotir.

Tadbirda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan vazifalari muhokama etildi. Partiyaning VIII syezdiga Toshkent shahar kengashidan delegatlar saylandi.

O‘zA