“Paxtakor” ochko yo‘qotdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasida yigirmanchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Dastlabki o‘yinda chempionat yetakchisi – Toshkentning “Paxtakor” jamoasi safarda G‘uzorning “Sho‘rtan” klubiga qarshi maydonga tushdi. Qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Shu tariqa “Paxtakor” ikkinchi davrada ilk bor ochko yo‘qotdi.
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi navbatdagi turni safarda Namanganning «Navbahor» klubiga qarshi o‘tkazib, muhim g‘alabaga erishdi. O‘yindagi yagona golga “Bunyodkor”ning yaponiyalik legioneri S.Minori mualliflik qildi. O‘z maydonida Qarshining “Nasaf” klubini qabul qilgan Navoiyning «Qizilqum» jamoasi 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Yana bir qiziqarli kechgan uchrashuvda Muborakning «Mash’al» jamoasi o‘z maydonida Farg‘onaning «Neftchi» klubini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Toshkentning «Lokomotiv» va Samarqandning «Dinamo» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ham shunday natija qayd etildi. Mezbonlar tarkibida T.Kapadze va S.Shoahmedov gollarga mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlar vakili K.Murzoyev javob to‘pini kiritdi.
“Buxoro” (Buxoro) jamoasi o‘z maydonida «Andijon» (Andijon) klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. “Qo‘qon – 1912” (Qo‘qon) va «Olmaliq» (Olmaliq) jamoalari o‘rtasidagi bahsda mehmonlar 0:1 hisobidagi g‘alabani nishonladi. «Metallurg» (Bekobod) – «So‘g‘diyona» (Jizzax) o‘rtasidagi uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi.
O‘zA