Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Paxtalarimiz nega terim mashinasida terilmaydi?

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Paxtalarimiz nega terim mashinasida terilmaydi?

Kuz boshlanishi bilan dalalarimizda paxta terish mavsumi ham boshlanadi. Ayni vaqtda paxtaning asosiy qismi qo‘l mehnati evaziga terib olinishi ham bor gap. Bu esa turli qarashdagi insonlarni e’tirozlariga va qarshiliklariga ham sabab bo‘lmoqda. Biroq, yetishtirishi og‘ir mehnat talab qiladigan paxtani yig‘ib olish ham oson emas.

Agarda bu borada paxta terim mashinalari va traktorlardan samarali foydalanilsa, balki ko‘plab e’tirozlarni oldi olingan bo‘larmidi? Nega paxtakor fermerlarimiz bu tajribani qo‘llab ko‘rmaydi?. Yoki yurtimizda bunday texnikalar mavjud emasmi?

Toshkent viloyati Pskent tumanidagi “Agro stimul tex servis“ fermer xo‘jaligi rahbari Ganjaboy Matniyozov buning o‘ziga xos sabablarini shunday izohladi:

–Umumiy ekin maydonimiz 196 gektar bo‘lib, shuning 119 gektarida paxta yetishtiramiz, –deydi fermer. – Ayni vaqtda oqlikka burkanib, go‘yoki tovlanib, o‘z jozibasi bilan hammamizni dalaga chorlayotgan paxtani teriga uzoq-yaqindan hasharchilar kelishmoqda. Tig‘iz mavsumda butun mehrimizni dalamizga berib, har bir chanoqdagi paxtani nest-nobud qilmasdan terib olish harakatidamiz.

Nega terim mashinasida termayotganimizga kelsak, xo‘jalik tashkil topganiga endi to‘rt yil bo‘ldi. Bunday texnikalarning narxi juda qimmatligi bois xarid qobiliyatimiz yetmaydi. Albatta, bunday katta maydondagi hosilni qo‘lda terib olish mashaqqatli mehnat talab qilmoqda. Shuni hisobga olib, keyingi yilda yonimizdagi klaster korxonasidan terim mashinasini shartnoma asosida olib kelishni mo‘ljallab qo‘ydik. Balki, keyingi yilga borib, hududdagi fermerlar birlashib, bir-ikkita xarid qilarmiz.

Aslida bu yil ham terim mashinasidan foydalanmoqchi edik. Lekin dalamiz va undagi egatlarni joylashuvchi bunga xalal berdi. Egatlar 60, 90 sxemada bo‘lishi kerak ekan. Keyingi yil shunday tartibda egatlarni tortib, hosilni mashinada teramiz. Bundan o‘zimiz ham yaxshi foyda ko‘ramiz. Chunki, mashinada terilgan bir kilogramm paxta uchun 600 so‘m to‘lanayotgan ayni vaqtda biz hasharchilarga ming so‘mdan bermoqdamiz.

Qo‘shni fermerning dalasini ko‘rib keldim, ham tez, ham sifatli terilgan. Menga yoqdi. Yana kuniga bitta mashinada 40-50 tonna terish mumkin. Agar qiyoslaydigan bo‘lsak, bizdagi 130 nafar hasharchi kuniga 10 tonna paxta termoqda.

O‘zA