Pekinda “Do‘stlik” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xitoy Xalq Respublikasi poytaxtida «China National Petroleum Corporation» (CNPC) korporatsiyasi Direktorlar kengashi raisi Van Ilinga O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” davlat ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘z faoliyatiga berilgan yuksak e’tibor uchun O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatiga minnatdorlik izhor etar ekan, Van Ilin bu mukofot «China National Petroleum Corporation» rahbariyati va xodimlari, energetika sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha oliy darajada erishilgan kelishuvlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida yirik neft-gaz qo‘shma loyihalarini samarali hayotga tadbiq etayotgan barcha mehnatkashlar xizmatining yuksak darajada e’tirof etilganidan dalolat ekanligini ta’kidladi.
Bu mukofotni olish men uchun katta sharafdir, - dedi u. - Bu O‘zbekistonda gaz konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha «China National Petroleum Corporation» faoliyatining e’tirofi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Sh.Mirziyoyev tomonidan bizga bildirilgan yuksak ishonch hamda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har tomonlama strategik hamkorlik yuqori darajada ekanligining e’tirofidir.
U, shuningdek, bunday yuksak mukofot o‘ziga hamda jamoasiga O‘zbekistonda neft-gaz majmuasini rivojlantirish va uglevodorod resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish ishiga ulkan hissa qo‘shishga rag‘bat bag‘ishlashini ham alohida qayd etdi.
Shu bilan birga, «China National Petroleum Corporation» Direktorlar kengashining raisi korporatsiya bundan keyin ham yirik strategik loyihalarni amalga oshirish, mahsulot qazib olish, xom-ashyoni chuqur qayta ishlash, bu jabhaga ilg‘or innovatsiya texnologiyalarini tadbiq etish, O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini oshirish hamda yuqori malakali mahalliy kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
“Dunyo” AA