PEKINDA SHHTGA A’ZO DAVLATLAR MILLIY KOORDINATORLAR KENGASHI ISH BOSHLADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ilgari xabar berilganidek, bugun Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT) Pekindagi qarorgohida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov raisligida ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlar Kengashining yig’ilishi ish boshladi. Unda ShHT Bosh kotibi R.Alimov va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi direktorining o’rinbosari A.Pirov ham ishtirok etmoqda.
18-martga qadar davom etadigan ushbu yig’ilish ishtirokchilari Shanxay Hamkorlik Tashkilotining yubiley yili hisoblanadigan 2016-yilga mo’ljallangan ish rejasi bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqishadi.
Yig’ilish davomida ShHTga a’zo davlatlar, kuzatuvchi davlatlar va muloqot bo’yicha sheriklarning siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama etiladi.
Asosiy e’tibor yilning eng muhim voqyeasiga - iyun oyida Toshkentda bo’lib o’tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining yig’ilishiga tayyorgarlik masalasiga qaratiladi.
"Jahon" АА