Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PLASTIK KARTOCHKADAN FOYDALANUVCHILARGA QULAYLIKLAR KENGAYDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PLASTIK KARTOCHKADAN FOYDALANUVCHILARGA QULAYLIKLAR KENGAYDI

Markaziy bank va O’zbekiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana to’lov tizimida mijozlarga xizmat ko’rsatishda “so’m” plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari amal qilishi lozim bo’lgan tariflarning yangi rejasini ishlab chiqdi.

Ushbu talablar mamlakatimiz Prezidentining «Bank plastik kartochkalari asosida hisob-kitoblar tizimini rivojlantirishni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori doirasida qabul qilindi.

“Joriy yilning 1 martidan kuchga kiradigan yangi tarif rejasiga ko’ra, banklar tomonidan jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari hisobvarag’idagi qoldiq mablag’larga hisoblanadigan foizlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi (9%) dan kam bo’lmagan miqdorda belgilandi, - dedi Markaziy bankning Pul muomalasi departamenti direktori o’rinbosari Faxriddin Boboyev. - Hozirga qadar plastik kartochkadagi qoldiq mablag’lar tijorat banklari tomonidan Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining yillik 1 foizi miqdorida kapitallashtirilar edi”.

Endilikda jismoniy shaxslar plastik kartochkalarining (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya va oilaviy kartochkalar, shu jumladan korporativ kartochkalar) foydalanish muddati tugaganda qayta emissiya qilishda (almashtirishda) bank xizmati haqi undirilmasligi qat’iy belgilab qo’yildi.

Shuningdek, bank emitentidan qat’i nazar, jismoniy shaxsning plastik kartochkasidagi mablag’lar boshqa bir jismoniy shaxs plastik kartochkasiga o’tkazilganda yoki kirim qilinganda bank xizmati haqi undirilmaydi.

“Buni oddiy qilib aytsak, - deya davom etdi F.Boboyev, - A bankning mijozi o’z plastik kartochkasidagi pullarni B bankning mijozi bo’lgan shaxs plastik kartochkasiga istalgan hududda o’tkazish imkoniga ega bo’ldi. Hozirga qadar bu tarzda, ya’ni bir bankning mijozi ikkinchi bir bank mijoziga pul o’tkazishi texnik sabablarga ko’ra amalga oshirilmas edi. Bu kabi qulaylik, shubhasiz, naqd pulga bo’lgan talabni kamaytirib, pul aylanishining tezlashishiga sharoit yaratadi”.

Shuningdek, yangi tariflar rejasida tadbirkorlik sub’yektlariga ham qator qulayliklar yaratilgan. Masalan, ular uchun korporativ plastik kartochka emissiya qilinganda bank xizmati haqi Markaziy bank rasmiy kursi bo’yicha 5 yevrogacha pasaytirildi. Ilgari bu miqdor mijoz bilan kelishuv asosida 20 yevrogacha etib belgilangan edi.

Yangi tariflardagi yana bir o’zgarish yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning shikastlangan va yo’qotilgan korporativ kartochkalari bilan bog’liq. Yaroqsiz va yo’qolgan korporativ kartochkalar yangisiga almashtirib berilayotganda bank 10 yevrogacha (ilgari 25 yevrogacha) xizmati haqi undiradi.

F.Boboyevning ta’kidlashicha, banklar tomonidan plastik kartochkalar asosida hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga yaratilayotgan qulayliklarni kengaytirish borasidagi izlanishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Jahon AA