Pokiston Elchisi bilan uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2019-yilning 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Pokiston Islom Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Irfan Yusuf Shami bilan uchrashdi.
2019-yilda munosabatlarni rivojlantirishning amaliy jihatlari, bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish jadvali diqqat markazida bo‘ldi.
2017-2018-yillarda bir necha bor o‘tkazilgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Pokiston uchrashuvlari chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarga yangi turtki berilganligi va uni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turistik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mustahkamlashning aniq yo‘nalishlari belgilab olinganligi ta’kidlandi.
O‘tgan yilda o‘zaro savdo aylanmasi 2017-yilgiga nisbatan ikki yarim borabarga oshib, 92,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga O‘zbekiston va Pokiston yetkazib beriladigan tovarlar va xizmatlar hajmi va nomenklaturasi borasidagi ushbu ko‘rsatgichni yanada yaxshilash uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Tomonlar ko‘rib chiqayotgan ikki tomonlama hujjatlarning loyihalari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur hujjatlar turli jabhalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish uchun huquqiy asoslarni kengaytiradi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Pokiston kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.