POKISTON TELEKANALLARI “SHARQ TARONALARI” FESTIVALI HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaqinda Samarqand shahrida o’z yakuniga yetgan “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivali Pokiston OAV da keng yoritilmoqda.
Xususan, “PTV NEWS” va “PTV WORLD” davlat telekanallarida mazkur musiqa fesitvali ochilish marosimiga bag’ishlangan ingliz va urdu tillarida maxsus teledasturlar efirga uzatildi.
Unda Prezident Islom Karimovning forum ochilish marosimida so’zlagan nutqi, mazkur madaniy tadbirning maqsadi va vazifalari haqida batafsil ma’lumot, shuningdek, turli davlatlardan kelgan ishtirokchilar chiqishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
Pokiston telekanallari musiqa festivalining insoniy ruhi va falsafasi, uning xalqlar o’rtasida do’stlikni mustahkamlash, madaniy muloqotni rivojlantirish hamda mumtoz musiqa an’analarini asrab-avaylashdagi ahamiyatini ta’kidlab o’tdilar.
Ko’rsatuv cho’gida ushbu betakror musiqa bayramida Pokistondan ishtirok etgan “Surur” jamoasining chiqishiga alohida e’tibor qaratildi.
“Jahon” AA, Islomobod