POLVONLARIMIZ — QIT’A CHEMPIONLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Tailand poytaxti Bangkok shahrida erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha kadetlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Nufuzli musobaqaning erkin kurash bellashuvlarida hamyurtimiz Umidjon Jalolov vazni 42 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar orasida g‘oliblikka erishdi. Yana bir sportchimiz Ixtiyor Normurodov esa (-63 kg.) Osiyo chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, o‘z vazn toifasida Muhammadrasul Rahimov kumush, Jamshidbek Ma’rufov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda Saidislom Teshaboev, Eldor Karimov va Dilshod Omongeldiev uchinchi o‘rinni band etdi.
Xotin-qizlar kurashi bo‘yicha Umidaxon Maqsetova va Gulnoza Jumaboeva qit’a chempionatining bronza medallari bilan taqdirlandi.