POLVONLARIMIZNING IORDANIYADAGI G‘ALABALARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Iordaniyada og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo kubogida o‘zbekistonlik sportchilar 15 oltin va 12 kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Nufuzli musobaqada Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Azimjon G‘aniyev vazni 105 kilogrammgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida shtangani dast ko‘tarishda 140 kilogramm, siltab ko‘tarishda 185 kilogramm, ikkikurash yakunlariga ko‘ra 325 kilogramm natija bilan uchta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Iqtidorli sportchimiz kattalar o‘rtasidagi musobaqada 1 oltin va 2 kumush medal bilan taqdirlandi.
Kattalar o‘rtasidagi vazni 105 kilogrammdan yuqori bo‘lgan sportchilar bahsida qatnashgan Sardorbek Do‘stmurodov o‘z vazn toifasida tengsiz ekanini isbotladi. U shtangani dast ko‘tarishda 155 kilogramm, siltab ko‘tarishda 220 kilogramm va ikkikurash bo‘yicha 375 kilogramm natija bilan uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Vazni 56 kilogrammgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi bahslarda raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan Ro‘zimurod Aslanov kattalar o‘rtasida ham munosib ishtirok etib, uchta kumush medalga loyiq topildi.
Yana bir atletimiz Shahzod Xudoyberganov vazni 77 kilogrammgacha bo‘lgan yoshlar va kattalar o‘rtasidagi bahslarda ikki marta shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi va to‘rtta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Sunnatillo Shokirjonov 85 kilogrammgacha bo‘lgan og‘irlikdagi atletlar bahsida uchtadan oltin va kumush medal bilan taqdirlandi. U yoshlar o‘rtasida birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, kattalar musobaqasida ikkinchi bo‘ldi.
"Jahon" AA