"POLY GROUP” KORPORATSIYASI DELEGATSIYASINING TASHRIFI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xitoyning «Poly Group» korporatsiyasi prezidenti janob Chjan Chjengao boshchiligida delegatsiya O’zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Tashrif chog’ida “O’zkimyosanoat” AJ, “O’zavtosanoat” AK va boshqa idoralarda uchrashuvlar tashkil etildi hamda "Angren" MIHda konveyer lentalari, qishloq xo’jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan muzokaralar olib borildi.
“O’zkimyosanoat” AJning xabar berishicha, Xitoy tomoni avtomobil shinalar ishlab chiqarishni kengaytirish, hom-ashyo va materiallarni mahalliylashtirish hamda yuk avtomobil va avtobuslari uchun shinalar ishlab chiqarishni tashkil etishga qiziqish bildirdi. Shuningdek, tog’-kon, neft va gaz sanoati kabi boshqa yo’nalishlarda o’zaro manfaatli sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha fikr bildirildi.
Shu bilan birga mazkur tashrif doirasida mustaqil xalqaro konsultant «Asiatech Consulting Ltd.» (Avstraliya) va Xitoyning “ChemChina” instituti bilan birgalikda yangi zavodning bosh rejasi tasdiqlandi.
Shuni ta’kidlash joizki, ushbu loyiha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “Angren” erkin industrial hududida rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2269-sonli qaroriga binoan amalga oshirilmoqda.
“Jahon” AA