POYTAXTIMIZDA O‘ZBEK JANG SAN’ATI BO‘YICHA "KAMOLOT" KUBOGI TURNIRI O‘TKAZILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda o‘zbek jang san’ati bo‘yicha "Kamolot" kubogi turniri o‘tkazildi.
"Kamolot" yoshlar ijtimoy harakat tashabbusi bilan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi va O‘zbek jang san’ati milliy federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada to‘rt yuzga yaqin sportchi ishtirok etdi.
Turnirda sportchilar shaxsiy va jamoaviy kompleks mashqlarni bajarish, shaxsiy bellashuv bo‘yicha o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
– Sport insonning nafaqat sog‘lom bo‘lishiga, balki, turli musobaqalarda Vatan sharafini himoya qilishdek ezgu orzularining ro‘yobga chiqishiga ham xizmat qiladi, – deydi buxorolik Sanobarbegim Ashurova. – Italiya, Ispaniya, Shveytsariya kabi dunyoning ko‘plab davlatlarida o‘tkazilgan musobaqalarda qatnashganman. Hozir Buxoro shahridagi 29-umumta’lim maktabida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha murabbiylik qilmoqdaman. Kelgusida o‘quvchilarimiz orasidan mohir sportchilar yetishib chiqishiga ishonamiz.
– Uch yildan beri o‘zbek jang san’ati bilan shug‘ullanaman, – deydi Asaka tumanidagi 36-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Xudoyberdi Muxtorov. – Milliy sportimiz tanamizni chiniqtirish barobarida tariximizni, buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganishimizga yordam bermoqda. 2017-yilning mart oyida Portugaliyada bo‘ladigan nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. "Kamolot" kubogi musobaqasi ham tajriba va mahoratimizni sinab ko‘rishimizga imkoniyat yaratdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O’zA