POYTAXTIMIZDA “OZOD YURT TO’LQINLARI” VIII FESTIVALI O’TKAZILADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yil 21 avgust kuni poytaxtimizdagi “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasining yozgi maydonida “Ozod yurt to’lqinlari” VIII an’anaviy media-festivali bo’lib o’tadi, deb xabar beradi “Uzbekistan Today” axborot agentligi.
Mazkur tadbir O’zbekistondagi nodavlat teleradio eshittirishlarni qo’llab-quvvatlash va uni rivojlantirishga, tele va radio dasturlarni tayyorlashda jurnalistlar faoliyatini faollashtirishga yo’naltirilgan.
Media-festival g’oliblari uchta nominatsiya bo’yicha “onlayn” ovoz berish yo’li bilan aniqlanadi: “Eng yaxshi media loyiha”, “ Eng yaxshi telestansiya”, “Eng yaxshi radiostansiya” va “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to’rt yilligiga bag’ishlangan eng yaxshi dastur”.
Ushbu tadbir kasbiy faoliyatning turli yo’nalishlaridagi eng yaxshi mutaxassislarni kashf qilishga da’vat etilgan.
Tadbir davomida Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha Parlament komissiyasi a’zolari tomonidan davlat grantlari sohiblari e’lon qilinadi.
Shuningdek, anjumanda O’zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mening yurtim-mening faxrim!” deb nomlangan musiqiy televizion tanlovning ikkinchi bosqichi g’oliblarini tantanali taqdirlash marosimi ham o’tkaziladi.
“Jahon” AA