POYTAXTIMIZDA TEMURIYLAR DAVRI AN’ANALARI ASOSIDA YASALGAN CHOLG‘U ASBOBLARI KO‘RGAZMASI OCHILDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan “Tarixiy sozlarning sehrli sadosi” mavzuida ko‘rgazma ochildi.
Muzey direktori X.Fayziyev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida milliy o‘zligimizni anglash, boy tariximiz, madaniy merosimizni o‘rganish va targ‘ib etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Ko‘rgazmada andijonlik mohir usta Abdumalik Madraimovning shaxsiy kolleksiyasidan o‘rin olgan qirqdan ziyod buyum namoyish etilmoqda. Kolleksiyadagi cholg‘u asboblari ikki davrga bo‘lingan: birinchisi temuriylar davrining tarixiy tiklangan sozlari, ikkinchisi esa mustaqillik yillarida temuriylar davri sozgarligi an’analari davom ettirilishi natijasida yaratilgan namunalar.
A.Madraimov O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali, turli simpoziumlar va boshqa tadbirlarda cholg‘u sozlar kolleksiyasi bilan faol qatnashib kelmoqda.
Usta IX-XVI asrlarda bobokalonlarimiz tomonidan yaratilgan, keyinchalik unutilib ketgan mumtoz musiqa asboblarini qaytadan tiklab kelmoqda hamda ularning yangi zamonaviy nusxalarini yaratish bilan shug‘ullanmoqda. Hunarmandning samarali ijodiy mehnati va izlanishi natijasida g‘ijjak Boburiy, dilrabo, dilnavo, meros, xushnavo, qo‘shtor, changi qaqnus deb nomlangan sozlar yaratildi.
A.Madraimov yaratgan mumtoz sozlarning eng saralari Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Andijondagi Bobur va jahon madaniyati muzeyining doimiy ko‘rgazmasi, Angliya qirollik muzeyi, Yaponiya san’at muzeylaridan o‘rin olgan, dunyoning 43 davlatiga eksport qilingan.
Mohir usta yuzdan ortiq shogirdiga hunarmandlik sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda.
O’zA