Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

POYTAXTIMIZDA YANGI FARMATSEVTIKA KORXONASI ISHGA TUSHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
POYTAXTIMIZDA YANGI FARMATSEVTIKA KORXONASI ISHGA TUSHDI

Mamlakatimizda Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanayotgan shu kunlarda yangi ijtimoiy-iqtisodiy inshootlar foydalanishga topshirilmoqda. Poytaxtimizning Olmazor tumanida qad rostlagan «Well med pharm» farmatsevtika korxonasi shulardan biridir.

Yangi korxona ochilishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, «O‘zfarmsanoat» aksiyadorlik konserni, davlat, jamoat tashkilotlari vakillari, ishbilarmonlar qatnashdi.

«O‘zfarmsanoat» aksiyadorlik konserni boshqaruvi raisi M.Do‘stmurodov va boshqalar tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun qulayliklar, imkoniyat va imtiyozlar kengayayotgani farmatsevtika sanoati taraqqiyotida ham muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 16-sentabrdagi «2016-2020-yillarda respublika farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi hamda 2016-yil 31-oktabrdagi «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari bu boradagi ishlarda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

«Well med pharm» farmatsevtika korxonasi Hindistonning «Shayana farm» farmatsevtika kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Buning uchun to‘rt yarim million dollar miqdorida investitsiya jalb etildi.

Zamonaviy andozalar asosida barpo etilgan korxonada yuqori texnologik ishlab chiqarish liniyasi o‘rnatilgan. Texnologik jarayonlar va logistika tizimi bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi mehnat unumdorligi yuqori bo‘lishiga xizmat qiladi. Ilm-fanning so‘nggi yutuqlari asosida jihozlangan fizik va kimyoviy tahlil laboratoriyasi sifat va xavfsizlik omilidir.

Yangi korxonada yiliga o‘n million qadoqda gepatoprotektor, og‘riq qoldiruvchi, immunitetni kuchaytiruvchi va boshqa tabletka, kapsula, malham va sharbat shaklidagi dori vositalari ishlab chiqariladi. Buning natijasida chetdan keltirilayotgan yigirma besh nomdan ziyod dori vositasini tayyorlash mahalliylashtiriladi. Yetmishdan ortiq yigit-qiz ish bilan ta’minlanadi.

– O‘zbekiston bozorida o‘n besh yildan buyon ish olib bormoqdamiz, – deydi "Shayana farm" farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori Tivari Ashok Kumar. – Mamlakatingizda tadbirkorlik uchun imtiyozlar kengaymoqda. «Well med pharm» korxonasi 2021-yilgacha yagona soliq to‘lovidan ozod etildi. Chetdan xomashyo olib kirishda bir qator imtiyozlar berildi. Biz ham bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, tadbirkorlikni yanada kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini ko‘paytirishni rejalashtirmoqdamiz.

O’zA