Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

POYTAXTIMIZNING IQTISODIY SALOHIYATI IZCHIL YUKSALMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
POYTAXTIMIZNING IQTISODIY SALOHIYATI IZCHIL YUKSALMOQDA

Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari izchil ta’minlanmoqda.

Buni joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot hajmi 7,5, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 7,9, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,3 foizga o‘sganida ham ko‘rish mumkin.

Bu Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan va butun dunyoda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” sifatida e’tirof etilgan isloh qilish va rivojlantirishning bosqichma-bosqich strategiyasi izchil va aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda amalga oshirilayotgani samaralaridandir.

Ushbu jarayonda iqtisodiy salohiyati yildan-yilga yuksalib borayotgan Toshkent shahrining ham munosib ulushi bor.

Joriy yilning birinchi choragida poytaxtimizda yalpi hududiy mahsulot 8,1, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 12,7, iste’mol mollari ishlab chiqarish 16,6, investitsiya kiritish 27,5 foizga o‘sdi. Bu ko‘rsatkichlarga asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanib borayotgani tufayli erishilgan. Yalpi hududiy mahsulotda xususiy tadbirkorlikning ulushi qariyb 60 foizni tashkil etayotgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Toshkent shahrini 2015-yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan faollar yig‘ilishida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, bu yo‘lda uchrayotgan to‘siqlarni bartaraf etish borasida qilinishi zarur bo‘lgan vazifalar xususida so‘z yuritildi.

Toshkent shahar hokimi R.Usmonov boshqargan yig‘ilishda mamlakatimizda davlat tomonidan xususiy mulk va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun barcha zarur imkoniyatlar yartilayotgani ta’kidlandi. Tizimda byurokratik g‘ovlarni bartaraf etishga oid bir qator muhim me’yorlarning amaliyotga tatbiq etilgani natijasida ruxsat berish tartib-taomillari keskin qisqartirildi.

Barcha darajadagi davlat boshqaruvi idoralari bilan o‘zaro munosabatlarda tadbirkorlar huquqlarining ustuvorligi prinsipi joriy qilindi. Bu amalda ana shu idoralarning tadbirkor manfaatini ta’minlash yo‘lida xizmat qilishiga keng yo‘l ochdi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun aybdor shaxslarning javobgarligi kuchaytirildi. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kredit olish, ular faoliyati bilan bog‘liq xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish sezilarli darajada soddalashtirildi. Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, yer uchastkalarini ajratish, qurilishga ruxsatnoma berish, elektr tarmoqlariga ulanishda “bir darcha” tamoyili joriy etildi.

Yaratilgan imkoniyatlar tufayli Toshkent shahrida tadbirkorlik subyektlari safi kengayib bormoqda. Ayni paytda hududda 44 ming kichik biznes korxonasi ro‘yxatga olingan bo‘lib, uch yil avval bu ko‘rsatkich
38,5 mingtaga teng edi.

Soha vakillarining huquq va manfaatlarini ta’minlashda prokuratura, adliya idoralari izchil faoliyat yuritmoqda. Xususan, tekshirishlarni tartibga solish, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish, ularning huquqlarini himoyalash bo‘yicha aniq choralar ko‘rilayotir. Hisobot davrida shu yo‘nalishda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida 180 tadbirkorning huquqi tiklangan. Tadbirkor faoliyatiga noqonuniy aralashgan 31 mansabdor shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Yig‘ilishda erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda tadbirkorlik rivoji yo‘lida uchrayotgan ayrim muammo va to‘siqlarni bartaraf etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning har tomonlama izchil rivojlanishi uchun yaratilayotgan qulay muhit va tizim samaradorligi yanada oshiriladi. Faoliyat yuritmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, hududiy investitsiya dasturlarini izchil amalga oshirish, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar sonini qisqartirish, korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini yanada soddalashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayoniga kichik biznes korxonalarini keng jalb etish, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirishga ko‘maklashish, biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish, ularga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlarni tushuntirish uchun alohida seminar va treninglar tashkil qilish maqsadga muvofiq.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.Rozuqulov so‘zga chiqdi.

"Jahon" AA